QOʻNONBOYEV

QOʻNONBOYEV Abay (Ibrohim), Abay [1845.10.8, Yettisuv viloyati Chingiztog (hoz. Abay) tumani — 1904.6.7] — qozoq yozma adabiyotining asoschisi, maʼrifatparvar shoir. yettisuvdagi Ahmad Rizo madrasasida tahsil olgan. Sharq mumtoz adabiyotining Firdavsiy, Saʼdiy, Navoiy, Fuzuliy singari namoyandalari asarlarini oʻrgangan. Bu shoirlarning asarlaridagi dunyoviy gʻoyalar taʼsirida xalqni maʼrifatga undovchi sheʼrlar yoza boshlagan. q. dunyoqara-shining shakllanishida Sharq mumtoz shoirlari bilan birga Yettisuvga surgun qilingan rus demokratlari va ular orqali Krilov, Pushkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tani-shish muhim omil boʻlgan. Uning fik-richa, koʻchmanchilik sharoitida yashab kelayotgan va shu tufayli urugʻurugʻlarga boʻlinib ketgan qozoq xalqi men-talitetidagi ayrim qusurlarni bartaraf etmay turib, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotga erishish mumkin emas. Shu maqsadda maʼrifat va madaniyatni targʻib etuvchi, yaxshi in-soniy fazilatlarni tarbiyalovchi di-daktik yoʻnalishdagi asarlar yozishga katta eʼtibor bergan. U qozoq xalqini maʼrifatga, madaniyatga, insoniylikka undovchi 44 ta katta-kichik lavhalardan iborat «Naqliya soʻzlar» falsafiy hikoyasini yozgan.

Q Chernishevskiy va Dobrolyubov singari rus demokratlarining gʻoyalari, Arastu, Suqrot, Aflotun, hatto Gegelning falsafiy-didaktik qarashlari bilan ham tanishgan. Uning 200 dan ziyod sheʼr va 4 dostondan iborat adabiy merosida bu siymolar taʼsi-rida yozilgan asarlar oz emas q. «Is-kandar» dostonida makedoniyalik Aleksandr obraziga murojaat etib, «Ajralganni boʻri yer» degan hikmatni tarqoq holda yashab kelayotgan vatandoshlari shuuriga quymoqchi boʻlgan.

Qoʻnonboyevning adabiy merosida «Masʼud», «Azim rivoyati», «Vadim» singari dostonlar ham alohida oʻrin egallaydi. Q. Shaxsan oʻzi sheʼriy ijod bilan shugʻullanibgina qolmay, farzandlarini ham adabiyot olamiga olib kirdi. Ulardan biri — Magʻaviyaga «Mengʻat Qosim», Oqilboyga esa «Qissai Yusuf» dostonlarining syujetini «sovgʻa qilib», shu asarlarning yozilishiga sababchi boʻlgan. q. ayni vaqtda doʻmbira chertib, oʻz sheʼrlariga kuylar ham bastalagan.

M. Avezov oʻz ijodiy umrining kattagina qismini Qoʻnonboyevning hayoti va ijo-diy faoliyatini oʻrganishga sarflab, u haqda koʻp jildli «Abay yoʻli» epo-peyasini yaratgan. Qoʻnonboyevning aksar asarlari oʻzbek tiliga Mirtemir va b. shoir, yozuvchilar tomonidan oʻgirilgan.

As: Tanlangan asarlar, T, 1961; Tanlangan asarlar, T, 1995.

Ad: Auezov M. O., Abay Kunanbayev. Stati i issledovaniya, Alma-Ata, 1967.


Lotin alifbosida maqola: QOʻNONBOYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
ROSSIYA
PUSHKIN Aleksandr Sergeyevich
TOSHKENT
QOZOGʻISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты