QOʻNGʻIR TEMIRTOSH

QOʻNGʻIR TEMIRTOSH — temir ru dasi, temir gidrooksidi (gyotit, gidrogyotit, lepidokrokit va b.) ning kremniy va alyuminiy oksidlari va gidrooksidlari bilan birikmasi. Qoʻngʻir temirtosh — minerallarning yupqa dispers aralashmasi, rangi toʻq jigarrangdan och sariqqacha. Gʻovak, tuproqsimon massa, oolit, dukkakli, konkretsiya va stalaktitlar koʻrinishida boʻladi. Baʼ-zan tarkibida pirit, markazit va b. sulfidlar, temir tarkibli karbonatlar va oksidlar hamda qazilma organizmlar qoldiqlari uchraydi. Qoʻngʻir temirtosh — temir rudalarining eng koʻp tarqalgan turi, tarkibida 30% dan ortiq temir boʻlib va zararli aralashmalar — oltingugurt, fosfor va margi-mush kam boʻlsa sanoat ahamiyatiga ega boʻladi. Qoʻngʻir temirtoshning hosil boʻlishi Yer poʻstining yuqori zonasidagi oksidlanish jarayoni bilan bogʻliq. Ulardan metallurgiya sanoatida keng foydala-niladi. Qoʻngʻir temirtoshning eng yirik konlari: choʻkindi (dengiz, daryo, koʻl, botqoqlik) va oʻta asosli togʻ jinslarining nurash poʻstida vujudga keladi. Oolitli Qoʻngʻir temirtosh larning dunyo boʻyicha eng yirik choʻkindi konlari: RF (Gʻarbiy Sibir havzasi), Fransiya (Lo-taringiya)da bor. Xrom-nikelli choʻyan va poʻlatlarni quyish uchun xom ashyo hisoblanadigan oʻta asosli togʻ jinslarining (nikel, xrom va kobalt aralashmasi b-n) tabiiy legirlangan Qoʻngʻir temirtosh konlari AQSH, RF (Ural), Kuba (Mayari) va Yangi Kaledoniyada mavjud.


Lotin alifbosida maqola: QOʻNGʻIR TEMIRTOSH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
QAZILMA ORGANIZMLAR QOLDIQLARI
TOSHKENT
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты