QOʻNGʻIROT TUMANI

QOʻNGʻIROT TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tuman. 1927-y. 3-iyulda tashkil etilgan. 1963-y. Xoʻjayli tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. 22 fev. dan qayta tuzilgan. Shim – sharqdan Moʻynoq tumani, sharqdan Amudaryo orqali Boʻzatov, jan.-sharkdan Qanlikoʻl, Shumanay tumanlari, jan. dan Turkmanistonning Toshhovuz viloyati, gʻarb va shim. dan Qozogʻiston Respublikasining Aterov va Oqtoʻba viloyatlari bilan chegaradosh. Mayd. 74,49 ming km2. Hududi jihatidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari ichida eng kattasi. Aholisi 113,2 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qoʻngʻirot), 6 shaharcha (Jasliq, Oltinkoʻl, Oqshoʻlaq, Elobod, Qoraqalpogʻiston, Qubla-Ustyurt), 9 qishloq fu-qarolari yigʻini (Ajiniyoz, Navroʻz, Ornek, Ravshan, Suelli, Ustyurt, Xorazm, Qipchoq. Qoʻngʻirot). Markazi — Qoʻngʻirot sh.

Tabiati. Yer yuzasi. asosan, Ustyurt platosidan iborat. Oʻrtacha bal. 150—200 m. eng baland joyi 290 m (tumanning gʻarbiy qismidagi Qorabo-vur qirida). Markaziy qismida Borsa-kelmas, sharqida Qoraumbet shoʻrxoklari, jan. da Asakaovdon botigʻi, Turkmaniston bilan chegaradosh xududida Qoplonqir tekisligining va Sariqamish koʻlining shim. qismi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental, quruq. Yozi issiq, qishi sovuq. Yanv,ning oʻrtacha t-rasi —4,2° dan —6° gacha, iyulniki 26,2°, baʼzan 28°. Eng past t-ra yanv. da —24°, eng yuqori t-ra iyulda 41°. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Ve-getatsiya davri 155—165 kun. Sugʻoriladigan zonalarda 183 kun. Tuman xoʻjaliklari Suelli magistral kana-li, Ravshan, Oltinkoʻl kanallaridan suv oladi, shuningdek, tuman hududiga Mashan koʻli va shim. qismida suelli koʻlining jan. chekkasi tutash. Tuproqlari Ustyurt platosida, asosan, choʻl sur-qoʻngʻir, sugʻoriladigan sharqiy qismida oʻtloqiboʻz va oʻtloqi tuproqlardan iborat. Shoʻrxok, taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, choʻl oʻsimliklari: shuvoq (jumladan, gul-shuvoq), shoʻra, qirqboʻgʻin, qora saksovul va b., Amudaryo boʻylarida toʻqaylar mavjud. Yovvoyi hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, qumsich-qon, ilon, kaltakesaklar; kemiruv-chilardan ondatra, kalamushlar; qushlardan qirgʻovul, qargʻa, oʻrdak, baliqchi, oʻrdakburun, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar, oʻzbeklar va qozoqlar, shuningdek, koreys, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 1,52 kishi (2005). Aholining 41% (44 ming kishi) qishloqlarda, 59% (69,2 ming kishi) shaharlarda yashaydi.

Xoʻjaligi. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash, un tortish, soda, temir – beton buyumlari z-dlari, «Ustyurtgaz» unitar shoʻba korxonasi, Ustyurt qidiruv-parmalash boshqarmasi, «Urganchtransgaz» shoʻba korxonasining 5 gaz quvurlari tarmogʻi boshqarmasi, Qoʻngʻirot texnologik suv bilan taʼminyaash boshqarmasi, lokomotiv va vagon taʼmirlash deposi, gidroinshootlar, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, «TuzLTD», «Qazqoʻngʻirotkarbid», «N01T» qoʻshma korxonalari, «Iygilikgaz» qoʻshma korxonasining filiali va b. ishlab turibdi.

Tuman q. x. ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik, gʻallachilik (shu jumladan, sholichilik), goʻsht-sut chorvachiligi. Shirkat va fermer xoʻjaliklari, 6 muqobil MTP, «Qoʻngʻirot» mashina-traktor parki faoliyat koʻrsatadi. Qoʻngʻirot tumanida 40 ming gʻa yer sugʻoriladi. Shundan 4 ming ga yerga paxta, 4 ming ga yerga sholi, 5,6 ming ga yerga bugʻdoy, 500 ga yerga boshqa q. x. ekinlari ekiladi. 170,9 ming gektarga yaqin yer maydoni — oʻrmonzor (asosan, saksovul, turangʻil va b. dan iborat). Qolgan yerlar pichanzor va yaylov. tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 27,6 mingga yaqin qoramol (shu jumladan, 12 mingga yaqin sigir), 58,9 mingga yaqin qoʻy va echki, 1,2 mingga yaqin yilqi boqiladi. Moʻynoq baliq z-dining Qoʻngʻirot filiali ishlab turibdi.

2004/05 oʻquv yilida tumandagi 56 umumiy taʼlim maktabi (26 mingdan ziyod oʻquvchi), 2 kasb-hunar kolleji (3,3 ming oʻquvchi), biznes maktabi filiali, «Progress» oʻquv markazi bor. 21 kutubxona, tuman tarixi muzeyi mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona majmui, teri kasalliklari, sil kasalliklari dispanserlari, 3 poliklinika, 24 feldsher-akusherlik punkti, 7 ovul vrachlik punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq kasalxonasi va b. tibbiy muassasalarda 196 vrach, 1084 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumandagi avto-mobil yoʻllarining umumiy uz. 996 km, shundan 375,5 km avtotrassasi, t. y. lar uz. 340 km. Buyuk ipak yoʻlidagi xalqaro yoʻl qurilishining bir qismi tuman hududida olib borilmoq-da. 1944-y. dan «Qoʻngʻirot haqiqati» tuman gaz. chop etiladi (adadi 2300).


Lotin alifbosida maqola: QOʻNGʻIROT TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QORAQALPOGʻISTON
QOZOGʻISTON
XORAZM VILOYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты