QOʻRQUV

QOʻRQUV — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Qoʻrquv koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Qoʻrquv insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Qoʻrquvdan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Qoʻrquvning har xil turlari oʻrganilgan. Qoʻrquvning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va b. Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Qoʻrquvni kamay-tirish mumkin. Shaxsning sust, zaif asab tizimini jonlantirish, tana aʼzolarini mashq qildirish, noxush kechinmalarni bartaraf etish orqali Qoʻrquvning tashqi ifodasini kamaytirsa boʻladi. Psixoterapevtik taʼsir oʻtka-zish vositalari yordami bilan Qoʻrquvni asta-sekin yoʻqotish imkoniyati mavjud.


Lotin alifbosida maqola: QOʻRQUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
YURAK
IBN SINO
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты