QOʻTIR

QOʻTIR — invazion teri kasalligi; qoʻtir kanalar (q. Kichima kanalar) qoʻzgʻatadi. Qoʻzgʻatuvchilar odamga, asosan, bemordan yoki uning buyumlari (mas, sochiq, kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak) orqali oʻtadi. Kasallik yuqqanidan 7—10 kun keyin Qoʻtir alomatlari koʻzga tashlanadi. Qoʻtir kanalari, asosan, terining yupqa va nozik joylarini teshib kiradi. Qoʻl, oyoq barmoqlari orasidagi burmalar, qorin, bel va koʻkrak qafasining ikki yon tomon terisi kasallanadi; shu soha terisida mayda qizgʻish tugunchalar paydo boʻlib, usti qoramtir-qizil poʻst bilan qoplanadi yoki uchida pufakcha koʻrinib turadi; tugunchalar orasida teridan salgina boʻrtib chiqqan, bir necha mm uzunlikdagi toʻgʻri yoki egri chiziqcha — kana yoʻli hosil boʻladi. bemor qattiq qichinadi, bu holat, ayniqsa, kechasi kuchayadi (qoʻtir kanasi kechasi faollashadi). Qichinganda tirnalgan joylarga infeksiya tushishi natijasida Qoʻtirda koʻpincha terining yiringli kasalliklari rivojlanishi ham mumkin. Terining yupqa va nozik qismida qichishish alomatlari paydo boʻlishi bilan darhol vrachga murojaat etish lozim. Qoʻtirni davolash uchun vrach tavsiya etgan dori surtiladi, shu vaqt ichida choʻmilish mumkin emas. 7-kuni choʻmilib, kiyimlar almashtiriladi. Bemor boshqalardan alohida yotishi va oʻziga alohida sochiq tutishi lozim. U ishlatgan choyshab, koʻrpa, yostiq jildi, ich kiyimlarini yaxshilab qaynatish yoki lizol eritmasiga 1 soat botirib qoʻyish kerak. Ustki kiyim-kechaklarni maxsus dezokamerada dezinfeksiya qilish, agar buning iloji boʻlmasa, 5 kungacha of-tobga yoyish, sovuq kunlarda esa kun boʻyi yoyib qoʻyish, issiq dazmol bilan dazmollash lozim. Bemor yotgan xona va jihozlarini nam latta bilan artib turish kerak.

Qoʻtirga oʻz vaqtida davo qilinsa, bemor tezda sogʻayib ketadi. Qoʻtirning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish juda muhim.


Lotin alifbosida maqola: QOʻTIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KIYIM
YER
ODAM
KANALAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты