RAVOQ

RAVOQ — toqning bir turi; bino devorlaridagi deraza va eshik oʻrinlarining yuqori qismiga qoʻyiladigan mehrobiy yoysimon qurilma. Ravoq yoʻnilgan, tabiiy yoki sunʼiy toshlar, beton, temirbeton, yogʻoch va poʻlat singari materiallardan ishlanadi. Ravoqning tayanch qismi tovon, markaziy ponasimon gʻishti yoki toshi esa qulf deb ataladi. Ravoqlar shakliga koʻra: yakka markazli, yarim aylana shaklli, baland markazli taqasimon, bir necha markazli nayzasimon, tuxumsimon boʻladi. Hoz. zamon inshootlarida ichki kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida Ravoqlar 2—3 sharnirli qilib ishlanadi. Ustunlarga tiralgan bir xil hajm va shakldagi Ravoqlar qatori qatorak (arkada) deb nomlangan.

Ravoqlar dastlab Qad. Sharq meʼmorligida vujudga kelgan. Qad. Rim meʼmorligida keng tarqalgan. Oʻrta Osiyo meʼmorligida Ravoqning turli xil mumtoz namunalari yaratilgan. Gumbazli binolarning xonalari koʻrkam, keng chiqishi ichkaridagi Ravoq larga bogʻliq boʻlgan. Ravoqlar bino yoʻlaklari, deraza va eshik tepalari hamda devorning gumbaz osti qismida boʻlgan. Ichki sathi turli shakldagi xona devorlarini Ravoqlar yordami bilan doira shakliga keltirilgan. Gumbaz tomni baland koʻtarib yopishda devorlar oʻrniga yengil Ravoqlar oʻrnatilgan. Gumbaz ustunlar yoki ustiga oʻrnatilgan ustunlar ham bir-biriga Ravoqlar yordamida bogʻlangan. Agar Ravoqning kanoti keng boʻlsa, uning asosi yoʻgʻon, tepasi ingichka qilib zinali Ravoq qurilgan. Gumbaz osti Ravoqi eshik yoki yoʻlak tepasiga oʻrnatiladigan Ravoq b-n bir joyga toʻgʻri kelsa, uni qoʻsh R. deyiladi. Katta gumbaz tomlar ustiga oʻrnatiladigan Ravoq larning kurkam chiqishi uchun koʻp qatlamli qilib qurilgan. Boʻyi va eni bir xil boʻlgan chorsi xonalarning devorlari ustiga 8—12 Ravoq va katta gumbaz tomlarda 16 Ravoq gacha oʻrnatilgan.

Kvadrat xona tomonlariga bittadan Ravoq oʻrnatilsa, chortoq deb nomlangan. Devorlar ustiga 8 R. oʻrnatib, ular tepasidan oʻtgan halqa devorga yana 16 kichik Ravoqlar joylashtirish mumkin.

11 —17-a. lar meʼmorligidagi Ravoq larning murakkab tuzilishlari gʻishtlarning oʻziga xos terilishi bilan bogʻliq boʻlgan. Oʻzbekiston meʼmorligidagi nayzasimon Ravoq larning 100 dan ortiq turi borligi aniqlangan. Xalqustalari amalda 1, 2, 3 va 4 markazli Ravoqlar qurilish uslubidan foydalangan. Zamonaviy qurilishlarda R. larning oʻziga xos tuzilishlari yaratilmokda (koʻprik, jamoat binolari va b.).

Ad.: Bulatov M. S, Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IXXI1 vv., M., 1978.

Poʻlat Zohidov.


Lotin alifbosida maqola: RAVOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XITOY
XALQ IJODI
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты