RADIATSIYA

RADIATSIYA (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. Radiatsiyaning tirik organizmga taʼsiri Radiatsiya dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. Radiatsiya miqdori singuvchi radiatsiya va b. radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha Radiatsiya kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi Radiatsiya organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. Radiatsiya dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va b.) va b. ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.

Berk nurlanish manbalari (germetik nurlanish manbalari, rentgen qurilmalari, tezlatkichlar va b.) dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish taʼsir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obyektni ekranlash kerak.

Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoʻli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin (q. Radioaktivlik). Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyatsiya tizimlariga filtr qoʻyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur.

Radioaktiv modda va b. ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi (yana q. Radiatsion himoya).


Lotin alifbosida maqola: RADIATSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
KOSMONAVTIKA
KOSMIK NURLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты