QOʻQON

QOʻQON — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida, Soʻx daryosi (tarmogʻi)ning quyi oqimida joylashgan. T. y. stansiyasi. Qoʻqon jan. dan Katta Fargʻona kanali oʻtadi. Aholisi 211 ming kishi (2004, 1879-y. da 18,4 ming, 1926-y. da 68,4 ming, 1939-y. da 85 ming, 1959-y. da 105 ming, 1979-y. da 158 ming kishi).

Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ortiq degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-a. yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida «Havokand» (Hoʻkand) shaklida, yaʼni g«oʻzal», «yoqimli» yoki «shamol shahri» maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda «Hoʻqandi latif» degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari «balandlikdagi shahar», «hular shahri» [yaʼni, «hu (ku) qabilasi — elati shahri»] versiyalari ham bor. Qad. Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi «Guyshan», «Xoʻxan» tarzida ifodalangan.

Qoʻqonning 18-a. gacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-a. da moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-a. gacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709-y. Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711-y. Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hoz. Qoʻqon sh. ga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732-y. Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—42) hukmronligi davrida Qoʻqon fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842-y. q. Buxoro amiri Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Q. yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilon (hoz. Fargʻona sh.) ga koʻchirilgandan keyin (1877-y. 27 apr.), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A. P. Fedchen-koning taʼriflashicha (1871-y. da), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Q. da ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoa-tini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi z-dlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari («Andreyev shirkati», «Rossiya jamiyati», «Kavkaz va Merkuriy», «Eron savdo-sanoat shirkati», «Sharqiy jamiyat» va b.) tashkil qilingan. 1913-y. da Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsa-tib, ulardan dastlabkisi «Madrasai xishtin» (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani «Soʻfiyon» (1891) madrasasidir. 20-a. boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, t. y. va savdo-tijorat maktablari va b. oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-a. ning boshlarida Qoʻqonda «Sadoi Fargʻona», «Yangi Fargʻona», «Qoʻqon sadosi» gazetalari chop etila boshladi. 1917-y. ning kuzida Qoʻqonda «Turkiston muhtoriya-tsh> eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918-y. fev.). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918-y. da Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.

2-jahon urushi yillarida q. mehnatkashlari frontga kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon joʻnatib turdilar. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Q. Fargʻona viloyatining (Fargʻona sh. dan keyin) 2 – oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 i. ch. korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash z-di, «Ulugʻbek», «Qoʻqonadyol», «Shohi-atlas toʻqish», «Koʻnchi», «Zilol», «Qoʻqonyogʻmoy», «Qoʻqonnon», «Qoʻqongoʻsht», «Qoʻqonspirt», «Mastona» korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, «Elektromash» z-dlari, mashinasozlik, gʻisht, i. ch., superfos-fat, «Qoʻqon» i. ch., mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.

Pedagogika in-ti (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud.

19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va b. sport inshootlari bor. Qoʻqon shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda «Qoʻqon adabiy muhi-ti» mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va b. ; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodi-ra, Dilshod, Barno, Anbar otin, – Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-a. oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va b. ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Qoʻqon tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud («Tarixi jahonnoma», «Shohnomai Umarxon». «Muntaxob ug-tavorix», «Ansob us salotin vatavorixul-havokin» va b.). Q. meʼmorligining shakllanishi 18-a. dan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va b. binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Qoʻqon dagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-a. ning 2-yarmi), Jome masjid (19-a. 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va b. ham saqlangan.

Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 tele-studiya, («Muloqot», «Yolqin») ishlaydi, 4 gaz. chop etiladi. K. dan Fargʻona rik shaharlariga va viloyatning yiavtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Ad.: BobobekovH.. Qoʻqontarixi. T.,1966; Qoʻqon asrlar silsilasida. Qoʻqon. 2004. Otabek Joʻraboyev.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
IBN SINO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты