QOʻQON YOGʻ-MOY AKSIYADORLIK JAMIYATI

«QOʻQON YOGʻ-MOY» AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. «Yogʻ-moytamakisanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Oqlangan paxta yogʻi. distillangan yogʻ kislotasi, kunjara, shulxa va b. mahsulotlar ishlab chiqaradi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi z-d boʻlgan korxona 1884-y. da ishga tushirilgan. 1910-y. dan Vadʼyayevlar savdo uyi tarkibiga kirgan. 1917-y. dagi Oktyabr toʻntarishiga qadar yiliga 6,5—7,5 ming t yogʻ ishlab chiqargan. 20-a. ning 30-y. larida bir necha marta rekonstrukpiya qilinib, qayta qurildi. 1947-y. dan sutkalik yogʻ i. ch. quvvati 55—60 t ga yetkazildi. 1955-y. da yogʻ ekstraksiya z-dining ishga tushirilishi bilan 1956-y. dan Qoʻqon yogʻmoy k-tiga aylantirildi. K-tning sutkalik yogʻ i. ch. quvvati esa 125—130 t ga yetdi. K-tda 1962-y. da soapstok yogʻ kislotalarini distillash, 1965-y. da donador kunjara i. ch., 1968-y. da mitselladan gossipol ajratib olish, soʻng tozalash sexlari ishga tushirilgan. 1975-y. da k-t qoshida oʻrik, shaf-toli danagidan, uzum, soya, anor, tarvuz, qovun. chakanda urugʻidan yogʻ ishlab chiqaruvchi z-d qurildi va 80-y. lar oxiriga qadar meva-sabzavot danaklari va urugʻlaridan olinadigan keng assortimentdagi yogʻlar ishlab chiqardi. 1994-y. dan ochiqturdagi akiiya-aorlik jamiyati va hoz. nomda. 90-y. larning 2-yarmidan zamonaviy chet el texnologik liniyalari bilan jihozlandi, chet el investitsiyalari jalb qilindi. 2001-y. da korxona quvvati 850—950 t/sutka chigitni qayta ishlashga yetkazildi. Mahsulotlari ichki bozorda sotiladi, qoʻshni davlatlarga eksport qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQON YOGʻ-MOY AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YOGʻMOY SANOATI
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты