«QOʻQON SUPERFOSFAT ZAVODI» AKSIYADORLIK JAMIYATI — kimyo sanoati korxonasi, oddiy, ammoniylashgan superfosfat oʻgʻitlari, kalsiy karbid, payvandlash elektrodlari ishlab chiqaradi. «Oʻzkimyosanoat» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. 1935-y. iyul oyida aralash oʻgʻitlar f-kasi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida mudofaa ahamiya-tiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqargan. 1941-y. da evakuatsiya qilingan Neva va Voskresensk kimyo z-dlari uskunalari asosida superfosfat sexi qurilishi boshlanib, uning birin navbati 1946-y. apr. da ishga tushi-shdi. Shu yildan «Qoʻqon superfosat z-di» nomini oldi. 1947-yilda /lfat kislota i. ch. sexi qurilib shga tushirildi, superfosfat tanarxini kamaytirish maqsadida z-d ch oratov (Qozogʻiston) fosforitidan uperfosfat olishni oʻzlashtirdi. 1953 [. dan ammoniylashgan superfosfat shlab chiqarila boshlandi. 1956-y. da :ulfat kislota ishlab chiqaruvchi sex eyekonstruksiya qilindi. 1958-y. da 100% li R205 boʻyicha yillik quvvati 42 ming t boʻlgan, ilgʻor texnika bilan jihozlangan ikkinchi superfosfat sexi, 1962-y. da yillik loyiha quv-vati 45,5 ming t ammoniylashgan superfosfat sexi foydalanishga top-shirildi. 1964-y. da ammoniylashgan superfosfat olishning yangi texnologiyasi (ammonizatsiyalash — quritish — yoyish — maydalash) joriy qilindi. 1974-y. dan donador ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish oʻzlashtirildi (ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning 40%). 1998-y. apr. oyida Qizilqum fosforit majmuasida ishlab chiqarilgan fosforit xom ashyosidan foydalanishga oʻtdi va uning yillik i. ch. quvvati 178,0 ming t superfosfatga yetkazildi. 2003—2004-y. larda ammoniylash sex qayta jihozlandi, oʻgʻitni qadoqlash avtomatlari oʻrnatildi. 1997-y. dan aksiyadorlik jamiyati. 2002-y. fev. da korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston— Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi «Qoʻqon superfosfat z-di» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2004-y. da 600 t superfosfat). 2004-y. da korxonada 164,1 ming t ammoniylashgan superfosfat, 101,9 mln. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarildi.