QOʻQON TEATRI

QOʻQON TEATRI, Hamza nomidagi Qoʻqon shahar musiqali drama teatri — Oʻzbekistondagi koʻhna teatrlardan biri. 1919-y. Hamza tashabbusi bilan tashkil topgan. 1920-y. okrug teatriga, 1924-y. dan davlat teatriga aylantirilgan. Repertuari, asosan, Hamza asarlari: «Boy ila xizmatchi», «Tuhmatchilar jazosi», «kim toʻgʻri», «Zaharli hayot» hamda M. Uy-gʻurning T«urkiston tabibi», N. Gogolning U«ylanish» spektakllaridan ibo-rat boʻlgan. 1929-y. teatrga Hamza nomi berilgan. 1931-y. dan teatr qayta tashkil qilinib, drama va musiqali spektakllar qoʻya boshlagan. «Zafar» (U. No-sir), «Shohi soʻzana», «Ogʻriq tishlar» (A. Qahhor), «Revizor» (N. Go-gol), «Ikki boyga bir malay» (K. Goldoni), «Momaqaldiroq» (A. Os-trovskiy) kabi dramatik, «Layli va Majnun» (Xurshid; T. Sodiqov, N. Mironov musiqasi), «Farhod va Shirin» (Xurshid; V. Uspenskiy, G. Mushel), «Nurxon» (K. Yashin; T. Jalilov, G. Sobitov) singari musiqali asarlar bilan repertuari boyi-tilgan. 1961-y. dan drama teatri deb yuritila boshlagan. 1978-y. dan hoz. nomda. L. Sarimsoqova, M. Ahmedov, S. Ahmedov, S. Karimova, 3. Mirzatov, M. Qoʻldoshev, O. Hasanovlar shu teatr sa\nasida ijod qilganlar. Teatr jamoasi 1987-y. yangi zamonaviy binoga koʻchib oʻtgan.

Teatr mustaqillik yillarida tomoshabin talabiga mos, yangicha talqinga boy, turfa mavzularni oʻz ichiga olgan spektakllar yaratishda izlandi. «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla, T. Ja-lilov), «Ravshan va Zulxumor» (K. Yashin, T. Islomov), «Jonli tuzoq» (G. Mdivani), «Ufq (S. Ahmad), «Muhabbat qasri», «Qoʻqonning oʻn ikki darvozasi», «Bashar allomasi» (N. Abdullayev), «Uvaysiy» (H. Abduhakimova), «Hasan Kayfiy» (Gʻ. Gʻulom asari asosida M. Joʻrayev), «Bogʻ» (N. Abbosxon), «Berk koʻcha» (J. Mahmudov) va b. soʻnggi yillar yaratilgan eng yaxshi spektakllardir.

Teatrning soʻnggi yillar rivojlanishida dramaturg Nurilla Abdul-layev hamda aktyor Rashidxon Sodiqovlarning xizmatlari katta. Shafoat Rahmatullayeva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xursanoy Umarova, artistlardan Mahmudjon Yusupov, Dilshod Ahmadillayev, Ravshan Ibrohimov, Bahromjon Rahimov, Yunusali Xalilov, Halimjon Ortiqov, Sabohiddin Ergashev, Nargiza Gʻozi-yeva, Odinaxon Begmatova va b. teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Teatrning bosh rej. i va bosh rassomi Azimjon Azizov.

Eson Oʻrinov.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQON TEATRI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JIZZAX TEATRI
ROSSIYA
OʻZBEK MILLIY AKADEMIK DRAMA TEATRI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты