QOʻQONGUL

QOʻQONGUL, qashqargul, astra — murakkabguldoshlar oilasiga mansub ikki turkum oʻsimliklarning umumiy nomi. 200 turi maʼlum. Shim. va Jan. Amerikada, Afrika, Osiyo va Yevropada keng tarqalgan. SaShz1erizning yagona turi — xitoy yoki bir yillik Qoʻqongul (S. spshepz15) Xitoy va Yaponiyada yovvoyi holda oʻsadi, gullari yirik, savatchaga yigʻilgan, rangi binafsha, qizil, oq, iyuldan to kuzgacha ochiladi. Bir yillik qatqat gulli va b. xillari manzarali Qoʻqongulning urugʻboshisi hisoblanadi. 4 mingga yaqin madaniy navi bor. Ular bir-biridan shakli, tusi, boʻyi va gullarining joyla-shishi bilan farq qiladi. Qoʻqongulning ikkinchi Az1eg turkumi turlarining barglari oddiy, ketma-ket joylashgan koʻp yillik oʻtlardan tashkil topgan. Gullari, savatcha, toʻpgullarga yigʻilgan. Tundradan to oʻrmon zonasigacha boʻlgan yamlovlar, dashtlar, togʻ zonalarida oʻsadi. Urugʻidan koʻpaytiriladi. Hovli, bogʻlarda, xiyobonlarda manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQONGUL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
YAPONIYA
YER
OSIYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты