QOʻQON-JIZZAX AVTOMOBIL YOʻLI

QOʻQON-JIZZAX AVTOMOBIL YOʻLI (A-376) — davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan magistral yoʻl. Qoʻqon sh. dan boshlanib, Tojikiston Respublikasi hududida Konibodom sh., Qayroqqum suv omborini yonlab Xoʻjand sh., soʻngra Toshkent viloyatining bekobod tumani, Sirdaryo viloyatining Xovos, Jizzax viloyatining Zomin tumanidan oʻtadi va Toshkent — Ter-miz (M-39) xalqaro avtomagistralini kesib oʻtib Jizzax sh. ga kiradi. Xalq hashari yoʻli bilan 1938—40 y. larda qurilgan. Keyingi davrlarda bir necha marta rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan. Umumiy uz. 300 km. Yoʻlning 164 km qismi asfalt-beton, 136 km qismi qora toʻshamali. Yoʻlning 53 km — I darajali, 232 km — II darajali, 15 km — III darajali toifaga kiradi. Transport harakati jadalligi 1585—3566 avtomobil/kunni tashkil qiladi.

Tohirjon Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: QOʻQON-JIZZAX AVTOMOBIL YOʻLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Q harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOJIKISTON
SIRDARYO
TOSHKENT VILOYATI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты