RADIOSPEKTROSKOPIYA

RADIOSPEKTROSKOPIYA (radio… va spektroskopiya) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalarni tadqiq qilish usullari majmui. Radiotoʻlqinlarning nurlanishi va rezonans yutilish spektrlarini oʻrganishga asoslanadi. Dastlab (1933) ammiakning inversion (q. Inversiya) spektrini tadqiq qilishda qoʻllanilgan.

Optik spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya va myossbauer uspektroskopiyadan farqli ravishda, Radiospektroskopiya energiyaning ichki kvantlari spektroskopiyasi hisoblanadi, shuning uchun unda energiyaning bir-biriga yaqin turgan satxlari orasidagi energiya oʻtishlari tadqiq qilinadi. Radiospektroskopiya usullari tadqiqotlarda foydalaniladigan fizik effektlarga bogʻliq boʻladi. Eng keng tarqalgan usullar; antiferromagnit rezonans, elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans, siklotron rezonans, yadroviy magnit rezonans, mikrotoʻlqinlar Radiospektroskopiyasi, Radiospektroskopiya kvant genera h torlar va kuchaytirgichlar, lazerlar, molekulyar generatorlar, aniq vaqt va chastota standartlari va b. ning yaratilishiga asos boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: RADIOSPEKTROSKOPIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



LAZER
MAGNIT REZONANS
MAYDON KVANT NAZARIYASI
INFRAQIZIL NURLANISH
MAGNETIZM


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты