SABZAVOTCHILIK

SABZAVOTCHILIK — 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Sabzavotchilik dehqonchilikning boshqa tarmoklaridan kup jihatdan farq qiladi, jumladan, Sabzavotchilikda ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) yerlarda yetishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan yerdagi (q. Parnik, Issiqxona ekinlari) Ska boʻlinadi. Sabzavot ekinlari ochiq maydonlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urugʻ, yopiq yerlarda (mavsumdan qatʼi nazar) sabzavot olish uchun yetishtiriladi. Himoyalangan yerlarda oʻsimlikning oʻsishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omillar sunʼiy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot yetishtiriщ imkoniyatini yaratadi. Sabzavotchilikda yetishtiriladigan ekinlar turining koʻpligi, biologik xususiyatlarining xilmaxilligi bilan ham ajralib turadi. Oʻzbekistonda 70 ga yaqin turdagi Sabzavotchilik ekinlari yetishtiriladi va q. x. da salmokli oʻrinni egallaydi. Oʻrta Osiyoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va b. ning undan ham ilgari ekilgani maʼlum. Xalq seleksiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi oʻzgarib bordi. Mas, 19-a. ning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gulkaram, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, pekin karami va b. kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi.

Oʻzbekistonda Sabzavotchilik 20-a. ning 30y. laridan boshlab keskin rivojlandi, ekiladigan ekin turlari va maydoni koʻpaydi. 1934-y. da Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba st-yasi tashkil etildi. 1940-y. da sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 s/ga ni tashkil etdi.

Urushdan keyingi yillarda katta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin yerlarda ixtisoslashgan yirik Sabzavotchilik xoʻjaliklari tashkil etildi, Sabzavotchilikni mexanizatsiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan yerlarda sabzavot yetishtirish maydonlari kengaydi, kombinat tipidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andijon va b. shaharlarda sabzavotlarni kayta ishlash sanoati barpo etildi.

1960-y. da Oʻrta Osiyo sabzavotchilik tajriba st-yasi negizida Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i. t. in-ti ish boshladi. I. ch. ga yuqori sifatli mahsulot beradigan, hosildor, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli, turli muddatlarda pishadigan sabzavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urugʻchiligi va urugʻshunosligi yoʻlga qoʻyildi.

1980-y. ga kelib Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari mayd. 104,3 ming ga, yalpi hosili 2459,1 ming t., hosildorligi 221 s/ga ni tashkil etdi.

21-a. boshidan Oʻzbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmolining fiziologik normalarini (jami 113,3 kg; shundan karam 2,1, pomidor 25,6, bodring 5,5, piyoz va sarimsoq 18,3, sabzi 18,3, lavlagi 5,5, boshqa sabzavotlar 20,0 kg) taʼminlash maqsadida Sabzavotchilik jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atroflaridagi tumanlar, asosan, Sabzavotchilik bilan shugʻullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xoʻjaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. Respublikaning jan. viloyatlarida ertagi sabzavotlar yetishtirish rivojlanib bormokdi. Sabzavotchilikda chet el navlari va tajribalari keng qoʻllanilmoqda. 2000-y. da Oʻzbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming t, hosiddorligi 173,1 s/ga boʻldi.

Chet ellarda Sabzavotchilik qishloq xoʻjaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sharqiy Yevropada — Bolgariya, Vengriya, Ruminiyada rivojlangan, bu yerda yetishtiriladigan sabzavotlarning aksariyat qismi eksport qilinadi. Italiya, Niderlandiya (asosan, yopiq yerlarga ekish rivojlangan), Ispaniya, Fransiya (jon boshiga yillik sabzavotlar isteʼmoli 150—200 kg ni tashkil etadi), Buyuk Britaniya, GFR, Polsha va b. mamlakatlarda Sabzavotchilik katta maydonlarni egallaydi. Sabzavotchilik AQSH, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Afrika mamlakatlarda muhim oʻrinda turadi.

2) Sabzavot ekinlari biologiyasi va ularni yetishtirish usullarini oʻrganadigan, sabzavot mahsulotlari yetishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. Oʻzbekistonda Ska oid i. t. ishlari Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari, kartoshkachilik institutida, Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik instituti, Samarqand q. x. in-ti, Toshkent davlat agrar un-tida olib boriladi. Bu i. t. va oʻquv muassasalarida koʻplab mahalliy va b. mamlakatlardan keltirilgan sabzavot, poliz ekinlari namunalari oʻrganiladi va kolleksiyalari saqlanadi. Oʻzbekiston ilmiy muassasalarida olimlar 1990—2002-y. davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlarning koʻpchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda.

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohalarini oʻrganish va rivojlantirishga P. P. Shreder, N. N. Balashev, N. S. Bakuras, K. I. Pangalo, A. K. Karimov, V. I. Zuyev, Ye. V. Yermolova, A. S. Shchukina, S. Q. Qoʻchqorov, B. J. Azimov, A. B. Boqiyev, A. SʼHakimov, A. M. Abbosov, X. Z. Umarov, D. T. Abdukarimov, O. Ya. Fokina, I. Esanov, A. Nuritdinov va b. ilmiy ishlari b-n, shuningdek, seleksionerlar A. Obidov (kartoshka), K. Yusupov (pomidor) va xalq seleksionerlari Oʻrinboy Karimjonov, Matvafo Yusupov, Abdasxon Aligavharov kabilar amaliy yutuklari bilan katta hissa qoʻshgan. Sabzavotchilik uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar Toshkent davlat agrar unti va q. x. kollejlarida tayyorlanadi.

Ad.: Balashov N. N., Ovoщyevodstvo. T., 1982, Rubsov M. I., Ovoщyevodstvo, 3 izd. M, 1985.

Rafiqjon Hakimov.


Lotin alifbosida maqola: SABZAVOTCHILIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ISSIQXONA
DEHQONCHILIK
PARNIK
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты