RAYGRAS

RAYGRAS (Arrhenatherum) — qoʻngʻirboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. Uning boʻychan P., koʻp oʻrimli Raygras va bir yillik (yaylov) R. turlari bor. Boʻychan P. (A.elatius) — koʻp yillik oʻt. Yevropada, Shim. Afrika, Osiyo va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Asosan, pichan qilinadi, koʻk poyalari taxirroq. Mollarga boshqa gʻalladoshlar va dukkakli oʻtlar bilan aralash holda beriladi. 100 kg pichanida 46,7 ozuqa birligi va 3,4 kg hazm boʻluvchi protein bor. Bahorda erta koʻkaradi, tez oʻsadi. R hosildorligi urugʻ boʻyicha 2—3, pichan boʻyicha 6070 s/ga. Ozuqa uchun Raygras ni> roʻvaklanish va gullashigacha oʻriladi. Kech oʻrilsa poyasi dagʻallashadi. Boʻychan Raygras, shuningdek, gazon oʻti sifatida ham ekiladi. Koʻp oʻrimli Raygras (A.lolium multifl orum) siyrak tupli ekin, beda va dukkakli oʻtlar bilan aralash ekiladi. Tez oʻsadi, sugʻorilsa 6—7-marta oʻrib olish mumkin. Pichan tarkibida 12% protein va 2,6% moy bor. Yaylov Raygras koʻp oʻrimli Raygrasning bir yillik turi. 100 kg poyasida 20 ozuqa birligi, 1,2 kg hazm boʻladigan protein bor. Boshoq tortish va gullash davrida uriladi. Gektaridan 60—80 s pichan olinadi.

Ad.: Otaboyeva H. va b., Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.


Lotin alifbosida maqola: RAYGRAS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sardor Mamadaliyev - Bevafo (new version)
Little Big - Tacos
BEDA
OSIYO
PICHAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты