RAYL

RAYL (Ryle) Martin (1918.27.9 1984) — ingliz astronomi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1952-y. dan), Bredfild (Oksford) kollejida maʼlumot olgan. 1939—45 y. larda olis aloqa tekshiruv markazida ishlagan. Kembrij un-tida prof. (1955-y. dan). Raylning asosiy ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. 1948-y. da (G. Smit bilan birgalikda) Kassiopeya yudduz turkumida kosmik radionurlanishning quvvatli manbaini kashf qilgan; birinchilardan boʻlib galaktikadan tashqaridagi radioastronomiyani kosmologiyaga qoʻllagan. Rayl tadqiqotlarining galaktika radiotuzilishida ahamiyati katta. Nobel mukofoti laureati (1974; E. Xyuish bilan hamkorliqsa).


Lotin alifbosida maqola: RAYL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BUYUK BRITANIYA
KOSMONAVTIKA
GALAKTIKA
XYUISH
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты