SAKLAR

SAKLAR, shaklar — Osiyo dashtlarining chorvador aholisi. Arxeologik adabiyotlarda bu davr «Ilk temir davri», «Ilk koʻchmanchilar davri», «Saklar davri» sifatida maʼlum. Gerodotttg yozishiga qaraganda, Yevrosiyo choʻllarining koʻchmanchilar dunyosi shim. va sharqiy Qora dengiz boʻyi qabilalaridan birining nomi bilan skuda keyinroq skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skiflar deb yuritganlar.

Arxeologik materiallar taxliliga koʻra, mil. av. 8—2-a. larda Xitoyning Xuanxe daryosidan to Dunaygacha kenglikda yashagan dasht qabilalariga tegishli «hayvon tasvirlari uslubi»da ishlangan noyob sanʼat asarlari skif sanʼati, skif madaniyati nomi bilan mashqur. Mana shu dasht aholisi — S. ning kundalik turmush tarzi, qurolyarogʻ va ot anjomlarining tipi, skiflarga xos kiyimkechak va uyroʻzgʻor asbobuskunalari juda birbiriga oʻxshashki, bu yaqinlik skifsaklar etnomadaniy hayotining tub maʼno va mazmunini tashkil etadi. Axomaniy hukmdorlarining Bihistun kitobalarit Sirdaryo ortidagi kabilalar Saklar deb atalgan. Gerodot, «Tarix» asarida «forslar barcha skiflarni saklar deb ataydilar» deb yozadi. Podsho Doroning Naqshi Rustam yozuvida Saklar «Paradraya», («Tiaytaradarayya», yaʼni dengiz ortidagi Saklar) deb tilga olingan. «Sak» atamasi aslida manbalarda axomaniylargacha maʼlum. Mas, Ossuriya poytaxtidagi Ishtar ibodatxonasini qazish vaqtida marmar taxtaga podsho Ashshurbanipal (mil. av. 669—631) yozdirgan xat topilgan. Xatda kimmeriylar va ularning sardori Tugdammani Kilikiyadagi jangda halok boʻlgani, uni Saklar podshosi ekanligi eslatiladi. Bihistun kitobalarining Akkadcha nusxasida forslar oʻzlariga yaqin qoʻshnilari Saklarni «kimmeriylar» atamasi bilan tilga oladi. Manbalar tax/shlidan tarixiy xulosa shuki, sak va kimmeriylarning birlashgan qoʻshinlari ittifoqi asosida tashkil topgan bu yangi siyosiy kuch qaysi bir yetakchi qabila nomi bilan atalmasin, manbalarda ularning jangovar koʻchmanchi oriylar ekanligi koʻzda tutilgan. Qad. tarixda Saklar dovrugʻining boshlanishi mil. av. 8—7-a. larda kimmerii va skif qabilalarining Qora dengiz boʻylari va Old Osiyoga yurishi davrida yuz berdi. Uning davomi Amu va Sirdaryo orti Sini axomaniy podsholari Kir II va Doro bilan boʻlgan jangu jadallarida namoyon boʻldi. Xuddi mana shu voqealar asnosida Saklarning vatani, hayoti va urfodatlari, urugʻaymoqlari va ularning shim. va sharqiy qoʻshnilari haqida dastlabki maʼlumotlar paydo boʻldi. Tarixchi Elian (3-a.) S. da bir odat borligini, unga koʻra uylanishni istagan kishi qiz bilan yer ostidagi binoda qolib bellashishi lozimligi, agar qizni yengolmasa, u qizning asiri boʻlib qolishi haqida maʼlumot beradi. Sak ayollari erkaklar b-n bir qatorda janglarda ishtirok etishgan. Ular yovni aldash uchun yolgʻondan qochishga, xuddi erkaklardek ot ustida chopib keta turib orqalariga oʻgirilib kamondan oʻq otishga mohir boʻlishgan.

Tigraxauda («Choʻqqi qalpoqli» yoki «kamondan oʻq otuvchi») Si bilan jangga kirishda Doro katta suvdan kema va sollar yordamida suzib oʻtganligi haqida hikoya qiladi, tadqiqotchilar katta suv — bu Sirdaryo boʻlishi kerak deb taxmin qiladilar. Doroning tilla va kumush taxtachalarga yozdirib qoldirgan tarixiy lavhalarida Doro saltanatining shim. sharqiy chegarasi sugʻdlar mamlakatining ortidagi Saklar yurti deyilgan. Demak, Saklar mamlakati sugʻd yerlaridan Sirdaryo orqali ajralgan. Doro va uning vorisi Kserks (mil. av. 486—464-y.) lavhalarida axomaniylarga tobe yana bir sak qabila ittifoqi tilga olinadi, ular xaumavarka (muqaddas xaoma ichimligi ichuvchi) S i boʻlib, ular egallagan yurtlar «MixrYashta» madhiyalariga koʻra, Fargʻona vodiysi va Sharqiy Turkistonga toʻgʻri keladi. Kserksning Persepolʼ lavhalarida tigraxauda va xaumavarka Si bilan bir qatorda ularga qardosh va tiddosh dahlar haqida ran boradi. Axomaniy yozuvlarida Erondan sharkda boshqa sak qabilalari haqida xabar uchramaydi. Ammo, yunonrim muarrixlari Saklarning boshqa turlari haqida koʻp maʼlumotlar qoldirgan. Mas, Gerodot ortokaribant Si (uchli qalpokli S), amyurgiya («daryo orti») S. i va daxlar haqida soʻz yuritadi. Adabiyotlarda ularning birinchilarini axomaniylarning tigraxauda va xaumavarka Si bilan oʻxshashligi taʼkidlanadi. Fanda bu masalada turlicha qarashlar mavjud. Mas, A. Xerman va B. Litvinskiylar, yunon mualliflari tigraxauda Sini massagetlar ittifoki bilan bir ekanligini taxmin qilsalar, S. G. Klyashtorniy Arrianta iqtibos qilib, massagetlarni daxlar bilan bir xalq deb taʼkidlaydi. Arrian mil. av. 4-a. da daxlar Tanais ortida, yaʼni Sirdaryo ortida va Tanais boʻylab yashaganligini qayd qilib oʻtadi. Arrian massagetlarni aynan skifsak ekanligini Spshpamen kurashlari munosabati bilan yaxshi baholagan. Arrian uchun massagetlar Amudaryoning chal soxilida istikrmat kiluvchi nochor qabila jamoalari edi, Sugʻd bilan gʻarbiy chegaradosh edi. Daxlar esa, aksincha, Sugʻdiyonaning shim. sharqiy qoʻshnisi, Tanais (Sirdaryo) vodiysining aholisi edi. Arrian dahlarni sovutlarga oʻralgan jangovar suvoriy jangchilar, Doro harbiy yurishlarining saralangan otliq askarlari sifatida taʼriflaydi. Demak, massagetlar chorvador saklarning kambagʻal qatlamini tashkil etea, daxlar ularning badavlat kashami — oriylari edi. Gerodotning yozishicha, Saklar askarlarining boshlarida qalin kigizdan tikilgan, choʻqqi qalpoklari boʻlgan. Ular sak oʻq yoylari, kalta qilichlar (akinaklar), oyboltalar (sagariylar) bilan qurollanganlar. Saklar oʻzlarining harbiy mahoratlari, asosan, oʻq yey otishga ustaliklari bilan dong chiqarganlar. Qad. dunyo muarrixlari Saklarni dunyodagi eng mohir merganlar deb taʼriflashgan. Mil. av. 238-y. da dah qabilalaridan biri parnlar Parfiya davlatini tuzgan. Arxeolog K. Akishev Markaziy Qozogʻistonda oʻrgangan «Tasmoʻla madaniyati» sak qabila ittifoqiga kiruvchi issedonlarta tegishli ekanligini yozadi.

Mil. av. 2-a. dan boshlab Saklarning turli qabilalari jan. ga (Hindiston va Eron) siljib YunonBaqtriya podsholigini tormor etishda qatnashgan. Eronda S qad. Drangʻiyona viloyatida, Xamun koʻli atrofiga joylashishgan, bu yer Sakaston — saklar mamlakati, keyinchalik Seyiston, Siston deb atalgan. Hindistonning shim. gʻarbida, Gandxara viloyatida ular mil. av. taxm. 1-a. da olimlar tomonidan Hindsak davlati deb atalgan siyosiy birlashma barpo etishgan, bu davlatga mansub tangalar topilgan. Davlat asoschisi podshoh Maues boʻlib, uning vorislari Az, Azilis kabi ismga ega boʻlishgan. Hindsak davlati hindparfyan sulolasi tomonidan bosib olingan, keyinchalik Kushon podsholigita qoʻshib yuborilgan. Hind yozma manbalarida sak etnonimi shaka sifatida berilgan, Hindistonda Shaka erasi mavjud boʻlgani maʼlum. Xitoy yozma manbalarida Saklar se xalqi deb qayd etilgan. Saklar astasekin Hindiston, Eron, Oʻrta Osiyodagi xalqlar, qabilalar tarkibiga singib ketganlar.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston sak qabilalari madaniyati haqidagi maʼlumotlar arxeologik tadqiqotlar tufayli qoʻlga kiritilgan. Mas, Ili vodiysida oʻrganilgan Besshatir yoki Tagisken va Issiq qoʻrgʻonlari, Sirdaryoning quyi havzasida oʻrganilgan Uygarak qoʻrgʻonlari, Yettisuv vodiysining sakaraukiylari (sakaravllar yoxud sakaravaklar) va b. Xullas, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida, asosan, chorvachilik xoʻjaligi bilan shugʻullangan dashtlilar Saklar etnosini tashkil etgan. Oʻz davrida sugʻdlarning bobokalonlari ham Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi S. i boʻlgan. Massagetlar esa xorazmiylarning bobokalonlari edi. Avestoda tilga olingan turlar Turon zaminning Si boʻlganligi shubqasiz. Shuningdek, Qozogʻiston Saklar ining bobokalonlari Andronovo madaniyati aholisi (oriylar, daxlar va Avestodagi turlar) boʻlgan.

«Saklar» atamasi «Saxa» koʻrinishida Saxa Respublikasining rasmiy nomida saqlangan.

Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati knigax), Per. s grecheskogo, t.1, kniga IV, VII, L., 1972; Akishev K. A., Kushayev G. A., Drevnyaya kultura sakov i usuney dolinы r. Ili, AlmaAta, 1963; Strabon, Geografiya. V 17 knigax, XI, Per. G. A. Stratanovskogo, M., 1964; Staviskiy B. Ya., Srednyaya Aziya i axemenidskiy Iran. Sb. «Istoriya Iranskogo gosudarstva i kulturы», M, 1971; Dandamayev M. A., Dannыye vavilonskix dokumentov VI — V vv. do n. e. o sakax, VDI, 1, 1977; Dyakonov I. M.,K metodike issledovaniy po etnicheskoy istorii («kimmeriysы»). Sb. «Etnicheskiye problemы istorii Sentralnoy Azii v drevnosti», M., 1981; Klyashtornыy Saklar, Sultanov T. I., Gosudarstva i narodы Yevraziyskix stepey. Drevnost i srednevekovye. Sankt-Peterburg, 2000.

Ahmadali Asqarov.


Lotin alifbosida maqola: SAKLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты