SAKSONIYA-ANXALT

SAKSONIYA-ANXALT — Germaniya yeri (federativ birlik). Elba daryosi havzasida. Mayd. 20,4 ming km2. Axoliyey 2,5 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Magdeburg sh. S. A. hududining katta kismi Magdeburg tekisligida joylashgan boʻlib, jan. gʻarbda Gars togʻlariga oʻtib boradi. Fleming togʻlari Saksoniya-Anxaltning sharkiy chegarasi xisoblanadi. Saksoniya-Anxalt mustakil yer sifatida qisqa tarixga ega. U 1947-y. dan 1952-y. gacha mavjud boʻlgan va 1990-y. 3 okt. da Germaniya birlashganidan soʻng qayta tashkil etilgan. Saksoniya-Anxalt tarkibidagi baʼzi xududlar Germaniyaning qad. madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Saksoniya-Anxaltning shim. dagi Altmark Brandenburg kul ostida boʻlgan. Jan. va sharqida Saksoniya hukmronlik qilgan. Anxolt yeri 1212-y. da yuzaga kelgan. Saksoniya-Anxalt — mamlakatning eng shim. uzumchilik r-ni. Magdeburg tekisligining unumdor tuprogʻida donli ekinlar, qand lavlagi, kartoshka, sabzavotlar ekiladi. Saksoniya-Anxaltda oziq-ovqat sanoati korxonalari, xususan, qand z-di koʻp. Ogʻir va transport mashinasozligi, kimyo sanoatlari rivojlangan. Dessauda samolyot ishlab chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: SAKSONIYA-ANXALT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
GERMANIYA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты