REGBI

REGBI (Angliyaning Regbi shaharchasi nomidan) — sport oʻyini. 2 jamoa (har biri 15 kishidan) uz. 27—29 sm boʻlgan tuxumsimon shakldagi toʻp bilan Nsimon darvozali maxsus maydonchada (kattaligi 95—100×65—68 m) oʻynaydi. Oʻyin (40 min. dan 2 taym davom etadi)dan maqsad — toʻpni bir-biriga qoʻlda (orqaga) yoki oyoqsa (xoxlagan yoʻnalishda) oshirib, uni raqib maydonidagi darvoza chizigʻi orqasiga tushirish yoki darvozaga kiritishdan iborat. Raqibni ushlab yoki yelka b-n turtib yiqitib, unga xalaqit berish mumkin. Oʻyin qoidasi buzilganda «olishuv» — toʻp talashish belgilanadi. Koʻp ochko toʻplagan jamoa (toʻpni yerga tegizish — 4 ochko, tupni darvozaga kiritish — 3 yoki 2 ochko) yutgan hisoblanadi. Bu uyin Kad. Xitoy va Qad. Rimda tarqalgan. Zamonaviy Regbi uyini 1823-y. da Angliyada paydo buddi. 1888-y. da Regbi boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi. 1900, 1908, 1920, 1924-y. da Regbi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. R. Xalqaro havaskorlar federatsiyasi FLRA (1934-y. tuzilgan)ga 40 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1960-y. dan FLRA Kubogi (norasmiy jahon chempionati) oʻtkaziladi.

Regbi sporti Oʻzbekistonda 1969-y. «Lokomotiv» jamiyati huzurida vujudga keddi. 1970—71 y. larda Toshkent politexnika in-tida Regbi chilar jamoasi tashkil qilindi. 1982—91 y. larda Regbi buyicha Jonibekov kubogi musobaqalari oʻtkazildi. Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalar (1988, Buyuk Britaniya, 1989, Koreya Respublikasi)da ishtirok etdi. Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi (2001-y. qayta tuzilgan) Osiyo federatsiyasi — ARFU ning aʼzosi. Mamlakatimizda Regbi boʻyicha 50 ga yaqin sport ustasi, 200 ga yaqin sport ustaligiga nomzod bor.


Lotin alifbosida maqola: REGBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YER
OLIMPIADA OʻYINLARI
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты