SAMARQAND-ASHXOBODTURKMANBOSHI AVTOMAGISTRALI

SAMARQAND-ASHXOBODTURKMANBOSHI AVTOMAGISTRALI (M37) — xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yoʻli. Umumiy uz. 1581 km. Yoʻl Samarqand sh. dan boshlanib, Buxoro — Turkmanobod (Chorjoʻy) — Mari orkali Kaspiy dengizi qirgogʻida Turkmanboshi portida tugaydi. Yoʻlning Oʻzbekiston hududidagi uz. 365 km, shundan 283 km I toifali, 82 km II toifalidir. Yoʻlning 62 km sementbeton, qolgan qismi asfaltbeton qoplamali. Yoʻldagi kunlik transport harakati jadalligi 13438 avtomobil/ kunni tashkil kiladi (2003). Yoʻlning oʻtmish tarixi 1928-y. lardan boshlanadi. Dastlab shagʻaltosh qoplamali boʻlib, Samarqand — Navoiy—Buxoro viloyatlarini oʻzaro bogʻlovchi asosiy yoʻl boʻlgan. 1950—63 y. larda yoʻl qattiq qora qoplamali kdlib qayta qurilgan (k. Zarafshon trakti). Keyinchalik sobiq Ittifok davrida yoʻl qoʻshni Turkmanistonning Krasnovodsk (hoz. Turkmanboshi) port sh. gacha davom etdirilib, M37 xalqaro avtomagistrali deb qayta nomlangan. Hozir bu avtomagistral Yevropa Ittifoqining Kale sh. (Fransiya)dan boshlanib Belgiya, Germaniya, Polsha, Ukraina, Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekistan, Kirgʻiziston orqali oʻtib, qoʻshni Qozogʻistonning Olmaota sh. da tugaydigan katta Ye40 xalqaro avtomagistralining respublikamiz hududidan Buxoro—Navoiy—Samarqand orqali oʻtuvchi qismiga kiradi.

Ad.: Strelsov I. V., Semenov L. I ., Opыt stroitelstva avtomobilnыx dorog v Oʻzbekistane, T., 1965.

Tohirjon Mirzayev.


Lotin alifbosida maqola: SAMARQAND-ASHXOBODTURKMANBOSHI AVTOMAGISTRALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
TURKMANISTON
ROSSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты