REZBA

REZBA (rus. rezat — kesmoq soʻzidan) — har xil shaklli detallarning ichki yoki tashqi sirtiga oʻyilgan ariqcha va boʻrtmalar. Mashina detallari, mexanizmlar, asboblar, apparatlar, inshootlarning qismlari va detallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ariqcha va boʻrtmalarning shakliga qarab, uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, trapetseidal, tirak, truba; oʻlchov tizimiga koʻra, metrik va dyuym; kirim soniga qarab, 1,2 va koʻp kirimli; detalning oʻiilgan sirtiga va yoʻnalishiga qarab, tashqi (vint, bolt va b.) va ichki (gayka) xillarga, oʻramning yoʻnalishiga (chapdan oʻngga yoki oʻngdan chapga) qarab, oʻnaqay va chapaqay xillarga boʻlinadi. Rezbaning ikki qoʻshni boʻrtmasi yoki ariqchasi orasidagi masofa (S) R. qadami deyiladi. U oʻzgarmas (ravon) va kattalashib boradigan boʻlishi mumkin.

Rezbani qoʻlda (plashka, metchik b-n), metall kesish stanoklarida (maxsus moslama — kesish kallagi oʻrnatib), oʻyish va kesish stanoklarida ochish mumkin. Rezba oʻyish stanogi bosym taʼsirida tashqi Rezba oʻyish uchun ishlatiladi. Yassi va dumaloq qurolli xillari bor. Bunda zagotovka sirtidan qirindi olinmaydi. Rezba metall kesish stanogida tashqi hamda ichki Rezba kesish mumkin. Bunda plashka yoki keskichlar yordamida zagotovka sirtidan kirindi olinadi. Rezba qirqish keskichlari oʻrnatilgan kallaklar bilan Rezba ochishning uyurma usuli keng tarqalgan. Bu usulda kallaklar detalga nisbatan ekssentrik tarzda joylashtiriladi. Detal kallakning bir aylanishiga mos ravishda Rezba kadamiga teng oʻq boʻyicha suriladi.

Rezba elementlari (tashki, ichki va oʻrta diametri, qadami va b.) R. oʻlchash asboblari va qurollari yordamida tekshiriladi. Bular: kalibrlar, mikrometr, rezbomer, Rezba andazalari, sinus lineykalar, mikroskop, optimetr, proyektor va b.


Lotin alifbosida maqola: REZBA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



METCHIK
YER
MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI
BOLT KESISH STANOGI
REZBA QIRQISH ASBOBI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты