SAMURAYLAR

SAMURAYLAR (yaponcha samurau — xizmat qilmoq) — oʻrta asrlarda Yaponiyada zodagonlar, mayda dvoryanlarning harbiy tabaqasi. Minamoto sulolasi davrida (1192—1333) alohida tabaqa boʻlib koʻzga koʻringan, syogun (harbiy zodagon hukmdor)lardan kelib chiqqan. Tokugava sulolasi vaktida (1603 — 1867) esa, batamom tabaqa sifatida shakllangan. Samuraylarning eng imtiyozli qatlamini xatamoto (maʼnosi «bayroq ostida») tashkil qilib, ular syogunlarning bevosita vassallari boʻlgan. Samuraylarning asosiy qismi knyazlarning vassali edilar, ularning oʻz yeri boʻlmagan, knyazdan maosh sifatida guruch olganlar. Samuraylarning qonuni — busido (maʼnosi «jangchi yoʻli») oʻz egasi boʻlmish yirik zodagonlarga sodikdikni talab qilardi. Samuraylar uchun sharafli mashgʻulot faqat harbiy xizmat boʻlib, ular mehnatkash ommani mensimaslik, pisand qilmaslik ruhida tarbiyalangan edilar. Tokugava qonuniga binoan, Samuraylar harbiy tabaqa aʼzolariga nisbatan oʻzini nomunosib tutgan oddiy fuqaroni tezlik bilan oʻddirishi mumkin edi. Tokugava sulolasi hukmronligi davrida ichki urushlar toʻxtaganda, Samuraylarning harbiy otryadlari dehqon qoʻzgʻolonlarini bostirish bilan mashgʻul boʻlgan. Keyinchalik Samuraylarga ehtiyoj kamayib borgan va ularning aksariyati hunarmandchilik va savdo b-n shugʻullana boshlagan. Samuraylar 1867 — 68 y. lardagi inqilobda (Meydzi isin) muhim rol oʻynagan. Mazkur inqilobdan soʻng Samuraylar tabaqasi rasman bekor qilinsada, ular oʻzlarining imtiyozli mavk,yelarini sakdab qolgan. 1872—73 y. lardagi agrar qonunlar eʼlon qilinganidan soʻng, Samuraylar yangi zamindorlar qatoriga oʻtgan. Armiya va flotdagi zobitlarning aksariyati sobiq Sdan iborat edi. Samuraylarning «jasorati», anʼanalari (dushmanga asir tushmaslik uchun oʻzini oʻzi oʻldirish — xarakiri)ni ulugʻlovchi qonun, yangiyangi urushlarni qoʻmsash, irqchilik, bosqinchilik tashviqoti yapon hukmron doiralarining gʻoyaviy quroliga aylangan. Yapon militaristlarini Samuraylar deb atash odat tusiga kirgan. «Samuraylar» atamasi yapon harbiy doiralariga nisbatan ishlatiladi.

Ad.: Ocherki novoy istorii Yaponii (1640 — 1917), M., 1958; Spevakovskiy A. B., Samurai — voyennoye sosloviye Yaponii, M., 1981; Kuznetsov Yu. D. i dr., Istoriya Yaponii, M., 1988.

Temur Gʻiyosov.


Lotin alifbosida maqola: SAMURAYLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты