SAMʼONIY

SAMʼONIY, Abu Saʼd Abdulkarim ibn Muhammad as Samʼoniy alMarvaziy (1112, Marv — 1167) — tarixchi, etnograf, geograf olim. Koʻp yurtlarni kezgan, 50 ga yaqin ilmiy asarlar yaratgan. Uning 1156-y. da Samarqand sh. da yozib tugatgan «Kitob alansob» («Nisbalar kitobi») nomli tarixiygeografik va etn. asari juda muhim manba. Ushbu kitob 8 jilddan iborat boʻlib, muallifning Oʻrta Osiyodan to Arabistongacha boʻlgan koʻp yillik sayohati natijasida yozilgan. Kitobda tarixiy va geografik nomlar, qabila boshliklari, tarixiy shaxslar, viloyatlar, shaharlar va qishloqlar, daryolar, koʻllar, togʻlar nomlari alifbo tarzida berilib, ularga ancha batafsil izohlar berilgan. Samʼoniy oʻz asarida Eron va Movarounnahrdagi shahar va qishloklarning deyarli barchasi haqida qimmatli maʼlumotlar bergan. Mas, Nasaf sh. ning 3 mahallasi, 4 kuchasi, 2-mayejidi, 2 karvonsaroyi, 1 raboti haqida soʻz yuritadi.

As: Nasabnoma (AlAnsob) (arabchadan Abdulgʻafur Razzoq Buxoriy va Komiljon Rahimov tarjimasi), Buxoro, 2003.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S, «Kitab alansab» Abu Saʼda Abdalkarima ibn Muxammada asSamʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturы Sredney Azii, T., 1993; Hasanov H., Oʻrta Osiyolik geograf va sayyohdar, T., 1964.


Lotin alifbosida maqola: SAMʼONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
GEOGRAFIYA
BERUNIY
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты