REKLAMA

REKLAMA (lot. reklamo — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi. Reklama korxona imijini yaratish (uzoq davrli taʼsir koʻrsatish), joriy sotish hajmini koʻpaytirish (qisqa davrli taʼsir koʻrsatish), xaridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashish va b. maqsadlarda olib boriladi. Reklamaning asosiy vazifasi — xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yoʻqotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi.

Reklamaning paydo boʻlish tarixi juda qadimiy, Yunoniston va Qadimgi Rimda ogʻzaki va yozma Reklama, hatto tovar belgisi qoʻyib tamgʻalash yoʻli bilan tovarlar Reklama qilinganligi haqida maʼlumotlar bor. Hoz. shakldagi Reklama ilk marta AQSHda paydo boʻlgan. Bu yerda 19-a. ning 2-yarmida birinchi Reklama agentliklari faoliyat koʻrsatgan va Reklama katta daromad keltira boshlagan. Dastlab yozma Reklama xaridorlarni magazin va unda sotiladigan tovarlardan xabardor qilish vazifasini bajargan. B u ish taxtalavha yozish va vitrinalar tashkil etish orqali amalga oshirilgan. Keyinchalik Reklama potensial xaridorga nashrlar orqali murojaat shakliga aylandi — afishalar, kitoblar, jurnallar, gazetalarda axborotreklama eʼlonlari paydo boʻldi. Reklama ishiga ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, kino) jalb etildi.

Reklama bir necha vazifani bajaradi:

1) tovarlar va xizmatlar isteʼmolchilarini xabardor qilish, maʼlumot berish vazifasi — R. eʼlonlarida tovar va xizmatlarning sifati, ishonchliligi, ularni qoʻllash sohalari, ishlab chiqaruvchilari va sotib olish yoʻllari haqida maʼlumot beriladi;

2) ishontiruvchi P. — mavjud tovarga isteʼmolchi va xaridorlarlarning moyilligini oshirishga xizmat qiladi; 3)eslatuvchi Reklama — mavjud, ammo bir qadar unutilgan talabni, xaridorlarning oʻzlari uchun maʼlum boʻlgan tovarlarga munosabatni kengaytirishda muhim oʻrinda turadi.

Bunday Reklama davriy yangilanib turadigan va mavsumiy tovarlar uchun qoʻllaniladi.

Har bir firma oʻz Reklama faoliyatini Reklama agentlarini yollash yoki Reklama xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. Reklamaning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, xaridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hoz. davrda Reklama matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus Reklama filmlari namoyish etiladi. Reklama qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida Reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala xarajatida Reklama xarajatlarining xissasi ortib boradi, Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va Reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqgsik, ishonchlilik, Reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda Reklama tayyorlash va tarkatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining «Reklama toʻgʻrisida» (1998-y. 25 dek.) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni Reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini Reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi (yana q. Marketing).

Ad.: Abdullayeva Sh., Nosirov P ., Marketing — bozor iqtisodiyoti asosi, T., 1994.

Qodirjon Yusupov, Barno Rahimova.


Lotin alifbosida maqola: REKLAMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YUNONISTON
YER
TARIX
FOYDA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты