RENTGEN ASTRONOMIYASI

RENTGEN ASTRONOMIYASI — astrofizika boʻlimi; toʻlqin uz. 0,1 dan 50 angstremgacha boʻlgan kosmik rentgen nurlanishini tekshiradi. Kosmik asboblarni Yer atmosferasi (rentgen nurlarini yutadigan) dan tashqariga chiqaruvchi kosmik texnikaning rivojlanishi Rentgen astronomiyasini vujudga keltirdi. Rentgen nurlanishi birinchi marta 1948-y. da Quyoshnn kuzatish vaqtida aniqlangan. Uning rentgen spektrida koʻp marta ionlashgan va tralari 106—107 K boʻlgan elementlarning chizikdari borligi sezilgan Quyosh chaqnaganda rentgen nurlanishi jadalligi keskin ortadi. 1962-y. dan Quyosh sistemasidan tashqarida rentgen nurlanishi kuzatildi. Izotrop fonli rentgen nurlari va 500 ga yaqin rentgen nurlarining diskret manbalari kashf etildi. Ular orasida boshka galaktikalarda kuzatiladiganlari ham bor. Mas, Andromeda tumanligida 10 ga yaqin rentgen manba kuzatiladi. Bizning Galaktikamizda Galaktika diskida joylashgan 103—104 ta rentgen manbalari kuzatiladi va ularning bir qismi oʻta yangi yulduz qoldiqlari bilan bogʻliq. Mac, Qisqichbaqasimon tumanlik markazida pulsatsiyalanish davri 0,033 sek. davom etadigan rentgen pulsarlari topilgan. Qoʻshaloq yulduz sistemasiga kiruvchi rentgen manbalari kashf etilgan. Rentgen astronomiyasi osmon jismlarining yaratilishi va evolyutsiyalari masalalarini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan Koinotdagi faol jarayonlarni tekshirishning yangi samarali yoʻnalishidir.


Lotin alifbosida maqola: RENTGEN ASTRONOMIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
QUYOSH
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
RENTGEN NURLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты