RENTGENOLOGIYA

RENTGENOLOGIYA (rentgen va …logiya) — tibbiyot sohasi; aʼzolar va sistemalar tuzilishi hamda funksiyalarini tekshirishda, kasalliklar rentgenodiagnostikasida rentgen nurlaridan foydalanish masalalarini oʻrganadi. Rentgenologiya rentgen nurlari kashf etilishi bilan yuzaga kelgan. Rentgenologiya odam morfologiyasi, fiziologiyasi va patologiyasiga oid bir qancha masalalarni ishlab chiqishda, shuningdek, sogʻliqni sakdashni amaliy rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Rentgenologik metod kasalliklarni aniqlashda yetakchi usullardan hisoblanadi (q. Rentgenodiagnostika). R. ning 20-a. ning ikkinchi yarmidagi rivoji fan va texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogʻliq. Hoz. Rentgenologiya oldida tibbiyot sohasidagi rentgen texnikasini va kasalliklarni tekshirish metodikasini takomillashtirish, kasalliklarni rentgen nurlari bilan aniqlash nazariyasini rivojlantirish, turli organlarning rentgenogrammasi va flyuorogrammasini hosil qiladigan avtomatik qurilmalarni yaratish, angiografiya va limfografiyani rivojlantirish, elektrorentgenografiyani amalda tatbiq etish, bemorlarni rentgenologik tekshirishdan oʻtkazishda ularni rentgen nurlaridan muhofazalashni kuchaytirish kabi muqim masalalar turibdi.

Rentgenologiya bilan radiologiya tarixan oʻzaro jips bogʻlangan boʻlib, bu bogʻliklik, Mas, intlar, ilmiy jamiyatlar, jurnal va b. (rentgenoradiologiya tarzida) nomlanishida oʻz aksini topgan. Koʻpgina mamlakatlarda Rentgenologiya maʼnosini «radiologiya» termini ishlatiladi. Rentgenologiya fani tibbiyot intlarining Rentgenologiya va radiologiya kafedralarida oʻqitiladi.

Oʻzbekistonda ilk bor 1921-y. Oʻrta Osiyo un-ti tibbiyot f-tida rentgen kabineta, 1923-y. dan bu kabinet negizida alohida Rentgenologiya boʻlimi tashkil etildi. Keyinchalik birinchi oʻzbek rentgenologiyalaridan 3. Egamberdiyev, S. Nosirov va b. shu sohada faoliyat koʻrsata boshladilar. 1958-y. Toshkentda Oʻzbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya i. t. instituta tashkil etilishi, ToshTI, SamTI, Pediatriya tibbiyot inti, Andijon tibbiyot inti, Respublika vrachlar malakasini oshirish in-tida Rentgenologiya kafedrasi ochilishi munosabati bilan Rentgenologiya fani rivojlandi. Bunda J. M. Abdurasulov, J. N. Maxsumov, Sh. Mirgʻaniyev, A. R. Mansurov, K. Otabekova kabi olimlarning xizmati katta.

Ad.: Ilyosov T. N., Klinik radiologiya asoslari, T., 2002.


Lotin alifbosida maqola: RENTGENOLOGIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
YER
BIOLOGIYA
KIMYO
SOGʻLIQNI SAQLASH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты