SAN-TOME VA PRINSIPI

SAN-TOME VA PRINSIPI (Sao Tome e Principe) , SanTome va Prinsipi Demokratik Respublikasi (Republica Demokratica de Sao Tome e Principe) — Gvineya qoʻltigʻidagi SanTome va Prinsipi o. lari va ularga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Afrika gʻarbiy sohili yaqinida. Mayd. 964 km2. Aholisi 170,4 ming kishi (2002). Poytaxti — SanTome sh. Maʼmuriy jihatdan 7 okrug (distrito)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi. San-Tome Va Prinsipi va P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990-y. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2001-y. dan F. B. Melu de Menezesh), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana bir marta kayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Milliy majlis va ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Orollar vulkan faoliyati natijasida hosil boʻlgan. Eng baland joyi PikodeTome — 2024 m (SanTome o. da). Iqlimi SanTome o. da tropik (quruq va yomgir mavsumlari b-n). Prinsipi o. da ekvatorial, doim nam. Oʻrtacha oylik tra 23—27°. Yillik yogʻin 1000—3000 mm gacha. Deyarli yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Nam tropik oʻrmonlar va mangro chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, turli qushlar, kaltakesak, buqalamun, ilonlar uchraydi. Dengizda baliq, qisqichbaqa, krevetka, langust, ustritsa kabilar bor.

Aholisi, asosan, santomeliklar boʻlib, ular Afrikadagi bantu tilida soʻzlashuvchi turli xalqlar (ovimbundu, ambundu va b.)ning oʻzaro va qisman portugallar bilan chatishuvi natijasida hosil boʻlgan. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy til — portugal tili. Dindorlarning 90% ga yaqini xristian (katolik)lar, shuningdek, musulmonlar va anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiluvchilar ham bor. Shahar aholisi 44,1%. Muhim shaharlari: SanTome, SantuAntonyu, PortuAlegri, RibeyraAfonsu.

Tarixi. 1470—71 y. larda SanTome o. lariga portugal dengiz sayyohlari kelib, bu yerlarni Portugaliya mulki, deb eʼlon qildilar. 1485-y. dan odamlar koʻchib kela boshladi. Ular Yevropadan surgun qilingan portugallar va afrikalik qullar edi. 16-a. boshlarida qalin oʻrmonlar kesilib, shakarqamishzorlar barpo etishga kirishiddi. Asr oxiriga borib shakar eksport qilishda SanTome Afrikada birinchi oʻringa chiqdi. 1517-y. va undan keyingi yillardagi qullar qoʻzgʻoloni natijasida 16-a. oxirida Amador boshchiligida qullar davlati qisqa muddat mavjud boʻldi. 1735-y. Prinsipi o. ham Portugaliya imperiyasiga qoʻshib olindi. 18—19-a. larda San-Tome Va Prinsipi va P. orollarida qullar kuchi bilan kofe va kakao plantatsiyalari barpo etildi. 1951-y. Portugaliya San-Tome Va Prinsipi va P. ni oʻzining dengiz orti viloyati deb eʼlon qildi. 1953-y. mahalliy aholi qoʻzgʻolon koʻtardi («Batep qoʻzgʻoloni»), biroq u shafqatsizlik b-n bostirildi. 1960-y. muhojirlikda San-Tome Va Prinsipi va P. ni ozod qilish qoʻmitasi (1972-y. dan San-Tome Va Prinsipi va P. ni ozod qilish harakati) tuzildi va u mustaqillik uchun kurash boshladi. 1972-y. Portugaliya San-Tome Va Prinsipi va P. ga mahalliy muxtoriyat maqomini berdi. San-Tome Va Prinsipi va P. 1975-y. 12-iyuldan mustakil respublika, 1975-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi. San-Tome Va Prinsipi va P. ni ozod qilish harakati — Sotsialdemokratik partiya, 1960-y. asos solingan; Mustakil demokratik harakat partiyasi, 1992-y. tuzilgan; Demokratik konvergensiya partiyasi — «Mushohada» guruhi, 1990-y. tashkil etilgan. San-Tome Va Prinsipi va P. mehnatkashlar milliy tashkiloti kasaba uyushmasi, 1989-y. tuzilgan.

Xoʻjaligi. San-Tome Va Prinsipi va P. — iqtisodiy jihatdan zaif, agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosini q. x. tashkil etadi. Eksport uchun kakao, kofe, moyli va kokos palmalari, banan yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun tariq, maniok, makkajoʻxori, yams ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan (qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, xonaki parranda boqiladi). Dengizdan baliq, toshbaqa va b. hayvonlar ovlanadi. Sanoati q. x. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan, ohak va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Keramika va gʻisht z-dlari, tikuvchilik f-kasi ham qurilgan. San-Tome Va Prinsipi va P. da tor izli t. y. va aeroport bor. Asosiy dengiz portlari: SanTome, SantuAntonyu va PortuAlegri. Chetga q. x. mahsulotlari chiqaradi, chetdan oziq-ovqat va neft mahsulotlari, sement, avtomobil va b. sanoat mollari keltiradi. Portugaliya, Ispaniya, Niderlandiya, AQSH, GFR, Angola bilan savdo qiladi. Pul birligi — dobra.

Maorifi. 6—12 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Davlat qaramogʻidagi oʻquv yurtlaridan tashqari xususiy va diniy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 4 y. lik, oʻrta maktab 7 y. lik. Oxirgi 2 y. da bolalar chet el oliy oʻquv yurtlariga kirishga tayyorlanadi. Darslar portugal tilida olib boriladi. Hunar taʼlimi boshlangʻich yoki toʻliqsiz oʻrta maktab negizida 5—6 y. davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtlarida, urga maktab oʻqituvchilari chet ellarda tayyorlanadi. Vrachlar chet ellardagi oliy oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Milliy tarix muzeyi (1976) va oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. lari: «Diariu da Respublika» («Respublika gazetasi», hukumat haftanomasi, 1836-y. dan), «Labor» («Mexnat», oyiga 2-marta chiqadigan gaz., 1990-y. dan), «Notisiash» («Yangiliklar», hukumat nashr etadigan gaz., 1991-y. dan). STP Press axborot agentligi 1985-y. tuzilgan. San-Tome Va Prinsipi va P. televideniyesi, hukumat telekoʻrsatuvi.

Adabiyoti. Garchi forro deb ataluvchi mahalliy kreol tili mavjud boʻlsa ham, adabiyot portugal tilida 19-a. ning 2-yarmida yuzaga keldi. Sheʼriyatning asoschisi — K. da Koshta Alegri. Uning «Sheʼrlar» kitobida irqiy xurofotlardan norozilik goyalari aks etgan, «Qora dunyo» qadriyatlari madh qilingan. F. J. V. Tenreyru bu mavzularni rivojlantirdi. 20a. ning 50—60y. larida adabiyotga kirib kelgan shoirlar A. du Espiritu va A. T. Medeyrush milliy ozodlik harakatida faol ishtirok etdilar. Ular oʻz ijodida xalq ogʻzaki ijodi anʼanalarini zamonaviy badiiy ifoda shakllari bilan qoʻshishga intildilar. Asr oxirlarida yaratilgan hikoya, qissa, roman va pyesalar xalq hayotini aks ettirdi (F. Reyshning «Plantatsiya» romani, «Qogʻozboy toʻra» pyesasi va b. asarlar).


Lotin alifbosida maqola: SAN-TOME VA PRINSIPI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA
XITOY
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты