RIBOSOMALAR

RIBOSOMALAR (ribonuklein kislota va…soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir Ribosomalar diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. Ribosomalar mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosomalar kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Mac, prokariotlarning P. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. Ribosomalar oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosomalar mavjud. Ribosomalarning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosomalar ketmaket joylashib, translyatsiya amalga oshadi. Bunday P. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan Ribosomalarda hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomalarda esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosomalar soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda Ribosomalar yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, Ribosomalar subbirliklarini hosil kiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi.


Lotin alifbosida maqola: RIBOSOMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
ORGANIZMLAR SISTEMASI
TOSHKENT
KIMYO
HUJAYRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты