SARIQ ARILAR

SARIQ ARILAR (Polistes) pardakanotlilar oilasiga mansub hasharotlar urugʻi. Oila boʻlib yashaydi, in quradi. Oilasi inga asos solgan urgochisi, bir qancha erkak va koʻp sonli ishchilardan iborat. Ishchilari ona aridan faqat bir oz kichikroq boʻlishi bilan farq qiladi. Ishchilari orasida in qoʻriqchilari, in quruvchilari, qurtlarini boquvchilari va oziq yigʻuvchilari boʻladi. Lekin Sariq arilar oilasida mehnat taqsimoti qatiy boʻlmaydi. Inlari juda koʻp katakchalardan iborat, koʻp qavatli boʻladi. Sariq arilar inni jagʻlari yordamida maydalab, soʻlak b-n aralashtirilgan yogʻoch tolasidan tayyorlangan krgʻozdan quradi. Sariq arilar oilasi qishda halok boʻladi, faqat urgʻochilari qishlab qoladi. Erta bahorda urgʻochi Sariq arilar yakka oʻzi yoki baʼzan bir nechtasi birgalikda bir necha uyadan iborat in quradi. Har bir uyaga ona ari bittadan tuxum qoʻyadi. Uyasi yarim doira shaklida, poyacha yordamida substratga yopishgan, kataklarining ogʻzi pastga qaragan boʻladi. Yetilgan qurtlar uyalarini yopib, uning ichida gʻumbakka aylanadi. Uyalardan chiqqan ishchilari uya qurish va naslni boqishni davom ettiradi. Sariq arilar gul nektari va oʻsimlik shirasi bilan ozikdanadi.

Sariq arilar moʻtadil va tropik iqlimda keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Kaspiy polistasi koʻp uchraydi. Bu tur kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar, gijjalar tuxumi va bir hujayralilar sporalarini yuqtirib hamda uzum va b. mevalarni yeb ziyon keltiradi.


Lotin alifbosida maqola: SARIQ ARILAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
MEHNAT TAQSIMOTI
IJTIMOIY MEHNAT TAQSIMOTI
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты