SARIQ JIZILDOQ

SARIQ JIZILDOQ, gʻoʻza sikadasi, katta gʻoʻza saratoni, (Cicadatra ochreata Mel.) — kuylovchi jizildoklar oilasiga mansub hasharot; q. x. ekinlari zararkunandasi. Voyaga yetgan Sariq jizildoqning qanotlari zargʻaldoq tusli. Tanasining uz. 30 mm cha. Moʻylovlari 3 boʻgʻimli; orqa oyoqlari sakrovchi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanadi (tuxum, lichinka, nimfa, imago). Urgochisi oʻsimlik poyasining yuqori qismini teshib, shu joyga 10—15 tadan (hammasi 200 ga yakin) tuxum qoʻyadi. Natijada oʻsimliklarning teshilgan joydan yuqorisi soʻliydi va qurib qoladi. Shikastlangan yosh nihollarning 40% gachasi nobud boʻladi. Lichinkalarining nimfa bosqichiga qadar rivojlanishi 3 yil davom etib, bu 5 yoshni tashkil etadi, nimfa holida qishlaydi. Voyaga yetgan individlari may oyining oxiri — iyun boshlarida, gʻoʻzaning shonalash davrida paydo boʻladi. Sariq jizildoq, asosan, yantoqzorlarda yashaydi. Oʻzbekistonda Buxoro viloyatida koʻp tarqalgan. Kurash choralari: partov va tashlandiq yerlarni oʻzlashtirish; S. j. doimiy uchraydigan yerlardagi yantoqni erta oʻrib olish; S. j. ning uchish va lichinkalarining chiqish davrida zararlangan gʻoʻzaga 20% li sumitsidin (0,5 l/ga) purkash.

Sulton Alimuhamedov.


Lotin alifbosida maqola: SARIQ JIZILDOQ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
YER
BUXORO VILOYATI
XITOY
Shaxriyor - Tashlandiq


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты