SARIQ KASALLIGI

SARIQ KASALLIGI — jigarda hosil boʻladigan bilirubin — oʻt pigmentining (q. Oʻt) toʻqimalarda toʻplanishi tufayli teri, koʻz oqi va shilliq pardalarining sariq tusga kirishi. Sariq kasalligi qonda bilirubin mikdorining oshib ketishi natijasida paydo boʻladi. Kelib chiqish sabablari va hosil boʻlish mexanizmiga koʻra, Sariq kasalligi jigarda paydo boʻluvchi, mexanik va gemolitik xillarga boʻlinadi. Jigar (parenximaga oid) Sariq kasalligi jigar hujayralarining infeksion yoki toksik zaharlanishi natijasida paydo boʻlib, jigarda turli xil oʻzgarishlar keltirib chiqaradi, bilirubinni ichakka oʻtkazadi: axlat rangi oqarib, siydik toʻqlashadi. Jigar Sariq kasalligi aksariyat oʻtkir gepatit kasalligi (q. Virusli gepatit) tufayli, shuningdek, jigar hujayralarining alkogol taʼsirida zaharlanishi oqibatida kelib chiqadi. Mexanik Sariq kasalligi oʻt (safro)ning oʻt yoʻllaridan oʻta olmasligi, mas, oʻt pufagida toshlar paydo boʻlishi natijasida oʻtning ichakka oʻta olmasligi va shu tufayli oʻt yoʻllarida toʻxtalib qolgan safrodagi bilirubin toʻgʻridantoʻgʻri qonga oʻtib ketishi sababli kelib chiqadi.

Odatda, avval koʻz oqi, keyin yumshoq tanglayning shilliq pardasi, til osti, teri sargʻayadi. Sariklikning kuchlikuchsizligi qondagi bilirubin mikdorining koʻpozligiga bogʻliq. Sariq kasalligida koʻpincha teri kichishadi, chunki oʻt kislota teridagi periferik nerv oxirlarini qoʻzgʻatadi.

Sariq kasalligi paydo boʻlganida darhol vrachga murojaat qilish lozim.

2—3 kunlik chaqaloqlarda koʻpincha jigar funksiyasidagi vaqtinchalik yetishmovchilik natijasida badan sargʻayishi — fiziologik sariqlik kuzatiladi. Bu holat maxsus davoni talab qilmaydi va 1—2 haftada oʻtib ketadi. Baʼzan ona bilan bolaning qoni birbiriga mos kelmasa, yaʼni ona qoni rezusmanfiy boʻlib, homilaniki esa rezusmusbat boʻlsa, u holda ona bilan homila oʻrtasida «rezusraqobat» yuzaga kelishi natijasida Sariq kasalligi chaqaloklardagi gemolitik kasalliklar bilan birga davom etadi (q. Chaqaloqlarning gemolitik kasalliklari). Sariq kasalligi gohida homiladorlik istisqosida ham yuz beradi q(. Homiladorlik toksikozlari).

Shonosir Shovohobov.


Lotin alifbosida maqola: SARIQ KASALLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VIRUSLI GEPATIT
YER
GEPATIT
TERI
JIGAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты