RISHTON TUMANI

RISHTON TUMANI — Fargʻona viloyatitsat tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1959-y. 7-martda Soʻx tumani bilan birlashtiriddi. 1990-y. 27 fev. da Soʻx tumani ajralib chikdi. Shim. dan Bagʻdod, jan. sharqsan Oltiariq, gʻarbdan Oʻzbekiston va Uchkoʻprik tumanlari, jan. dan Qirgʻiziston bn chegaradosh. Mayd. 0,42,1 ming km2. Aholisi 150,2 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Rishton), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshkapa, Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev, Boʻston, Yoyilma, Zoxidon, Mehnatobod, Oqoltin, Oqer, Rishton, Tuda, Qayragʻoch) bor. Markazi — Rishton sh.

Tabiati. Tuman hududi Markaziy Fargʻona choʻlining jan. da, Soʻx daryosi va Katta Fargʻona kanali boʻyida joylashgan. Hududi, asosan, tekislikdan iborat. Foydali qazilmalardan neft, gaz, soz tuproq, shagʻal bor. Iklimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —6,7°, eng past t-ra —27°, iyulning oʻrtacha trasi 23,6°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 180 mm yogʻin yogʻadi. Xoʻjaliklar va aholi yerlari Soʻx daryosi va Usmon Yusupov nomli Katta Fargʻona, Katta Andijon kanallaridan sugʻoriladi. Tuproqlari qoʻngʻir boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat, ayrim joylarda shoʻrtuproq uchraydi. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, yantoq, miya, oq bosh, yulgʻun, qiyoq va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, quyon, yumronqoziq; parrandalardan kaklik, bedana, tustovuq, zogʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, sassiqpopishak, qaldirgʻoch; sudraluvchilardan oʻq ilon, chipor ilon, kaltakesak; kemiruvchilardan kalamush va b. uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qirgʻiz, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 357 kishi. Shahar aholisi 30,9 ming kishi, qishloq aholisi 119,3 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman markazi va yaqin qishloklarda kulolchilik rivojlangan. Q. x. bogʻdorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan. Mashhur Rishton kandak oʻriklari, Choʻngʻara devzirasi yetishtiriladi. Turli sohadagi yuzdan ortiq sanoat korxonasi ishlab turibdi. «Fargʻonaneftgaz» aksiyadorlik jamiyati, oʻzbekarab «PayntsKeramik» qoʻshmakorxonasi, paxta tozalash, badiiy kulolchilik buyumlari, gʻisht zdlari, koʻplab xususiy shirapazlik, 1200 dan ortik, xususiy kulolchilik kichik sexlari, yigiruvtoʻquv, mebel fkalari, MTP, bosmaxona, dehqon va buyum bozorlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston xalq ustalari I. Komilov, N. Qodirov, Oʻzbekiston BA si aʼzosi | Sh. Yusupovlarning oʻziga xos uslubla | ri bor. Sugʻoriladigan yerlar 20658 : ga, shu jumladan, paxta 9500 ga, don f 7400 ga, sabzavot va poliz 170 ga, yem ʻ xashak ekinlari 588 ga maydonga eki I ladi. Mevazorlar 5 ming ga ni tashkil ; qiladi. Rishton tumanida 220 km uzunlikdagi ochiq !. drenajlar, 245 ta vertikal qudugʻi bor.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 127,5 ming qoramol, 23,7 ming qoʻy va echki, 48,4 ming parranda, 165 ot bokiladi. 418 ta asalari uyasi bor (2003). Rishton tumanida 2 musiqa, 62 umumiy taʼlim, 1 sport maktabi, 3 kasbhunar kolleji, 2 litseyda 41163 oʻquvchi taʼlim oladi. Markaziy kutubxona va uning filiallari, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 14 klub, muzey, markaziy stadion, 4 kasalxona, 2 ta poliklinika, 24 qishloq vrachlik punkti, 30 ta dorixona, sanatoriy va b. tibbiy muassasalarda 233 vrach, 1843 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda 5 km t. y. (Toshkent — Andijon), 74 km uzunlikda respublika, 109 km uzunlikda viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari bor. Ichki avtomobil yoʻllari uz. 264 km. Tarixiy meʼmoriy obidalardan «SohibiHidoya», «Yigitpirim», «Hizrbuva», «Xoʻja Ilgʻor», «Xoʻja Rushnoiy», «Toshkelinchak» va b. saqlangan.

1966-y. dan «Rishton haqiqati» tuman gaz. chikariladi (adadi 8608).


Lotin alifbosida maqola: RISHTON TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
ROSSIYA
FRANSIYA
QIRGʻIZISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты