RIQO

RIQO (arab, ruqʼa — maktub) — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublaridan biri. Xat tarixchisi Ibn Nadim fikricha, Riqo suls yozuvidan kelib chiqqan. Koʻrinishi jihatdan Riqo tavqe xatiga oʻxshash, harf oʻlchamlari undan kichik hamda nozikroq. Riqoda oʻzidan keyingi harflarga qoʻshilmaydigan koʻpchilik harflar bir-biriga qoʻshib yozilaveradi. Riqodan tez yozishda (maktub va b. da) foydalaniladi. Keyinchalik ixcham koʻngilochar hikoya yoki qissalar, baʼzan shams naqshidagi yozuvlar, Qurʼon yoki kitoblar xotimasi Riqoda bitilgan, alohida mustaqil qitʼalarni yozishda ham qoʻllanilgan.


Lotin alifbosida maqola: RIQO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
IBN SINO
TAVQE
TOSHKENT
SULS


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты