SATURN, Zuhal — Quyosh sistemasidagi 9 ta katta sayyoralardan biri; Quyoshdan uzoqligi boʻyicha 6sayyora. Astronomik belgisi fi . Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 9,58 astronomik birlik (1429,3 mln. km) gateng. Kattaligi jihatidan Yupitertn keyin 2oʻrinda. Orbitasining ekssentrisiteta 0,056 boʻlgani tufayli bu masofa perigeliyda qisqarib, afeliyda uzayib turadi. S. Quyosh atrofini oʻz orbitasi boʻylab 29 yilu 167 kunda bir marta toʻla aylanib chiqadi. Uning oʻz oʻqi atrofidagi aylanish davri ekvatorida 10 soat 14,5 min. boʻlsa, qutblariga tomon Yupiterdagi singari ortib boradi. Saturnning oʻrtacha radiusi 58 ming km, ekvatorida 60 ming km ga yaqin. Saturnning zichligi 0,72 g/sm3 (bu Yer zichligining 0,13)ga, uning massasi 5681027 g (Yer massasidan 95,28-marta katta) ga teng. U, asosan, vodorod va geliydan iborat. Sayyora ekvatorining oʻz orbita tekisligiga ogʻmaligi 26°45ʻni tashkil etadi. Saturn sirtida ekvatori boʻylab choʻzilgan qora mintaqalar va oq dogʻlarni kuzatish mumkin. Spektroskopik tekshirishlar Saturn atmosferasi, asosan, vodorod (N2) va metan (SN4) dan iboratligini koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik unda atsetilen (S2N2) va etan (S2N6) topilgan. Infranurlarda kuzatish Saturn dagi tra keskinligini (95 K) koʻrsatdi. Saturn muntazam radionurlanishiga va uz magnit maydoniga ega. Saturn atmosferasida shunday past trada ham muzlamaydigan metan va ammiak topilgan. Saturnni ilk bor Galiley 1610-y. da kashf etgan. Saturnning ajoyibotligi atrofidagi halqasidir. Saturnning ekvator tekisligi boʻylab joylashgan bu halqa, asosan, 3 ta alohida konsentrik halqadan iborat. Ulardan sayyoraga eng yaqini S, oʻrtadagisi V va tashqisi A bilan belgilangan. Hamma halqalar deyarli shaffof boʻlib, ular orqasidagi yulduzlarni koʻrish mumkin. A halqa bilan V halqa oraligʻini Kassini nomli qora boʻshliq tashkil etadi. Halqalarning qalinligi bir necha km, diametri 250 ming km, yoshi 100 mln. yil atrofida. 20-a. ning boshlaridayoq halqalar yaxlit qattiq jismdan iborat emasligi, ular Saturn atrofida Kepler qonuni asosida aylanadigan ayrimayrim kattiq zarralardan tashkil topganligi aniqlangan. Halqalarning infraqizil spektrlari, asosan, muz va qirov spektrlariga oʻxshaydi. Saturn 22 ta tabiiy yoʻldoshga ega. Ulardan eng kattalari: Mimas, Enselad, Tefiya, Diona, Reya, Titan, Giperion, Yapet, Feba, Yanus. Titan massasi va kattaligi (4850 km) jihatidan Quyosh sistemasidagi ulkan (u Oydan ham katta) yoʻddosh hisoblanadi. Titan metan va vodoroddan tashkil topgan atmosferaga ega. Saturn yoʻldoshlaridan faqat Feba oʻz orbitasida boshqalarga nisbatan teskari tomonga harakatlanadi.