SAYAN TOGʻLARI

SAYAN TOGʻLARI — Jan. Sibir togʻlarining oʻrta qismida joylashgan togʻ oʻlkasi. Sayan togʻlari 2 togʻ sistemasi: Gʻarbiy Sayan va Sharqiy Sayanga boʻlinadi. Krasnoyarsk oʻlkasi, Irkutsk viloyatining jan., Tuva va Buryatiya Respublikasining shim. dagi hududni egallaydi. Oʻzaro parallel choʻzilgan bir necha tizmadan iborat. Tizmalar orasida botiqlar mavjud. Tizmalarning balandligi shim. da 500 m, jan. da 900 m va oʻrta qismida 2500—3000 m va undan ham baland (Munku—Sardik togʻlarining eng baland joyi 3491 m).

Gʻarbiy Sayan shim. sharqiy yoʻnalishda taxm. 650 km ga choʻzilgan va Kazir va Uda daryolari boshlanadigan joyda Sharqiy Sayanga tutashadi. Sharqiy Sayan Yenisey daryosining chap sohili, Krasnoyarsk sh. dan jan. gʻarbroqdan boshlanadi va 1000 km uzunlikdan jan. sharq tomonga choʻziladi va Tunka botigʻi orqali Baykalboʻyi va Baykalorti togʻlaridan ajraladi. Gʻarbiy Sayan va Sharqiy Sayan tutashgan joydan gʻarbda ChulimEnisey va Minusinsk, jan. da esa Tuva va Tojin soyliklari joylashgan. 2000 m balandlikda togʻ taygasi tarqalgan va chuqur daralar bilan kesilgan. 25003000 m balandliklarda togʻ yon bagʻirlari juda tik, kuchli parchalangan va kad. muzliklar qoldiqlari (karr, morena yotqiziqlari, troglar) mavjud. Sharqiy Sayanning gʻarbiy qismi tekis yuzalardan (Man, Kan va b.) iborat boʻlib, ularni yezda ham qor qoplab turganligi sababli «Belogorye» deb ataladi.

St. Gʻarbiy Sibir kaledon burmalanishi davrida shakllangan va, asosan, paleozoy davri slaneslari, qumtoshlar va vulkanogen togʻ jinslaridan tashkil topgan. St. hozirgi balandligiga neogenning oxiri va toʻrtlamchi davrda sodir boʻlayotgan yangi tektonik harakatlar natijasida koʻtarilgan. Bu davrda Sharqiy Sayanda vulkanlar otilgan va ularning konuslari (Kropotkin, Peretolchin) saqlanib krlgan. Toʻrtlamchi davrda St. ning katta qismi 2-marta muzlik bilan krplangan. Hoz. zamon muzliklari ham uchraydi.

Sayan togʻlarida temirli kvarsit, temir va mis rudalari, boksit, oltin, grafit, asbest, mineral va termal suvlar kabi foydali qazilmalar bor. Ikdimi keskin kontinental, kishi sovuq, uzoq davom etadi, yozi qisqa. Togʻlarning yon bagʻirlarida yanv. ning oʻrtacha t-rasi —20° ga yaqin, tog oraligʻidagi botiqlarda —30°, iyulning oʻrtacha t-rasi togʻlarda 10—12°, botiklarda 20—27°. Yillik yogʻin togʻlarning shim. yon bagirlarida 700—1200 mm, botiklarda esa 250 — 300 mm. Sayan togʻlari tda koʻp yillik muzloklar keng tarqalgan. Asosiy daryolari: Yenisey, uning irmoklari (Abakan, Guba, Kantegir, Kazir, Man, Kan, Biryusa va b.).

St. ning 60% hududida tog taygasi oʻsimliklari, togʻ oraligʻidagi botiklarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Baland qismida alp, subalp oʻtloklari vatogʻ tundrasi uchraydi. Oʻrmonlarda los, maral, yelik, qoʻngʻir ayiq, olmaxon, qobon, quyon, tulki; qushlardan bulduruq, karqur va b., soyliklarda kemiruvchi (uzun dumli yumronqoziq, sassiqkoʻzan va b.) koʻp, daryolarida baliqlar (xarius, taymen va b.) bor. St. tabiiy resurslar (gidroenergiya, oʻrmon, yaylov va b.)ga boy.


Lotin alifbosida maqola: SAYAN TOGʻLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
OSIYO
YER
TOSHKENT
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты