RUBOB

RUBOB (arab.) — torli cholgʻu musiqa asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻrta asrdan Sharq (Eron, Afgʻoniston, Oʻrta Osiyo) xalqlarida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qad. 2 torli kamonli rebabdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir, asosan, 3 xili mavjud: qashqar R. i, afgʻon (yoki buxoro) R. i va pomir R. i.

Qashqar rubob i ninguz. 80—100 sm, choʻmichsimon kosasi tut va b. qattiq daraxt gʻoʻlachalaridan oʻyib yasaladi va ustiga teri krplanadi. Dastasi uzun, uchi orqasiga qayrilgan boʻlib, kosadan boshlanadigan joyida qoʻchqor shoxiga oʻxshash 2 ta gajagi mavjud. Dastasidagi pardalari (19 tadan 23 tagacha, oldin ichakdan, hozir metalldan qilinadi) xromatik tovushqatorni tashkil qiladi. Qashqar Rubob ining 5 ta tori, odatda, kvartakvinta oraligʻida sozlanadi. Diapazoni 3 oktavaga yaqin. Tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir Rubob chi — sozandalar (M. Mirzayev va b.)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940y. lardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan. Qashqar Rubob ining qayta ishlangan zamonaviy turi Rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi.

Oʻzbek bastakorlaridan M. Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan I. Xamroyev, M. Bafoyev va b. qashqar Rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.

Afgʻon rubobining dastasi kalta (8—10 sm), uchi bir oz qayrilgan. Rezonatori nihoyatda katta (kengligi 20 sm gacha, chuq. 30 sm gacha, umumiy uz. 80 sm gacha). Korpusi bilan dastasi bir butun yogʻoch boʻlagidan oʻyib ishlanadi. Korpusining oʻrta qismining 2 yoni oʻyilgan. Pastki qismi teri b-n, yuqrrisi taxtacha b-n krplanadi. Dastasiga, odatda, 4—5 ta asosiy parda, taxta qoplamasiga 6—7 ta qoʻshimcha xas pardalar oʻrnatiladi. Kvartaga sozlanadigan 5 ta asosiy tordan tashqari, yon quloqlarga tortilgan 10—11 yordamchi (aks sado beruvchi) torlari bor. 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushkatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qoʻllaniladi. Pomir rubobining kosasi qashqar Rubob idan bir oz kattaroq, dastasi kaltaroq va yoʻgonroq boʻlib, unga pardalar bogʻlanmaydi. Dastasi kosasi bilan bir butun yogʻoch boʻlagidan yoʻniladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvartakvinta oraligʻida sozlanadigan 5 ta asosiy torlaridan tashkari yon quloqqa bogʻlanadigan tori boʻladi. U baland sozlanib, maʼlum tasviriy vosita sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: RUBOB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
AFGʻONISTON
MUSIQA
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты