RUBʼ UL-XOLI

RUBʼ UL-XOLI, ar-Rubʼ ul-Xoli [(arab. — choraksayxon yer (yarim orolga nisbatan)] — Arabiston ya. o. ning jan. sharqiy qismidagi qumli choʻl. Yarim orolning gʻarbiy, jan. va sharqiy sohillari boʻylab choʻzilgan togʻlar oraligʻidagi tektonik botiqda. Mayd. 650 ming km2 (Yer yuzidagi eng yirik choʻllardan biri). Yer yuzasi tekis, balandligi sharqiy qismida 100 — 200 m, gʻarbida 500—1000 m. Hududining 80% koʻchma qum barxanlari, joʻyak va uyumlardan iborat. Sharqida keng shoʻrxoklar, qum maydonlari oraligʻida toshloqlar bor. Yillik yogʻin 50 mm dan kam, bir necha yillar umuman yogʻmasligi mumkin. Doimiy oqar suvi yoʻq, grunt suvi juda chuqur. Oʻsimliklar (yantoq, shoʻra va b.) pastqam joylarda oʻsadi. Aholisi, asosan, koʻchmanchi arablar. Tuya boqiladi. Choʻlning chekkalarida ahyonahyonda vohalar uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: RUBʼ UL-XOLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
OSIYO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты