SEKUND

SEKUND, sekunda (lot. secunda divisio — ikkinchi boʻlish) — 1) vaqt oʻlchov birligi. s, sek bilan belgilanadi. Sekund oʻrtacha Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng: 1 sek = 1/60 min = soat. 20-a. 30 y. larida kvars soati yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis harakatlanishi isbotlandi. Shu asosda, Xalqaro astronomiya kengashining tavsiyasiga koʻra, 1960-y. oktyabr oyida Parijda boʻlib oʻtgan 11 Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasi vaqtning asosiy oʻlchov birligi — efemerid Sekundning yangi taʼrifini qabul qildi. Unga koʻra, S oʻlchovi qilib 1900tropik yil (q. Yil) ning 0yanvar, efemerid vaqt bilan soat 12 dagi 1/31556925,9747 qismi qabul qilindi. Molekulyar va atom soatlari paydo boʻlishi bilan 1967-y. 13Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasida atom Sekund ining davomliligi qilib, tashqi maydonning toʻlqinlanishi nol boʻlganda yagona barqaror izotop seziy l33Cs atomlarining maʼlum energetik satxlar orasida oʻtishiga mos nurlanishining 9192631770,0 davri olindi (verguldan keyingi nol bu sonning kelgusida oʻzgarmasligini biddiradi);

2) yassi burchak oʻlchov birligi (q. Gradus). 60~2 gradusga yoki 60~ʻ minutga teng, 1 S. («) b-n belgilanadi.


Lotin alifbosida maqola: SEKUND haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VAQT
YER
QUYOSH
TOSHKENT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты