SELEN [yun. Selene — Oy (avvalroq kashf etilgan tellurning analogi sifatida nomlangan), lot. Selenium], Se — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 34, at. m. 78,96. Tabiatda 6 ta barqaror izotopi mavjud: 74Se(0,87%), 76Se(9,O2%), 77Se(7,58%), 78Se(23,52%), 80Se(49,82%), 82Se(9,19%). 16 ta radioaktiv izotoplaridan faqat 75Se(T1/2=121 kun) amaliy ahamiyatga ega. Selenni Y. Ya. Berselius 1817-y. da kashf etgan.
S. Yer poʻstining massa jihatdan 510 6% ini tashkil qiladi. Muhim minerallari jumlasiga kumush, qoʻrgʻoshin, simob va mis selenidlari AgSe — naumanit, PbSe — klaustalit, HgSe — timanit, Cu2Se — berselianit, (HgSe, S) — onofrit va selenit kislotaning misli tuzi CuSeO32H20 — xalkom ye n i t kiradi. Selen jigarrang tusli toʻq kulrang modda. ir necha modifikatsiyasi bor. Ulardan oddiy sharoitda eng barkarori kristall holdagi kulrang S. Suyuklanish t-rasi 217°, qaynash t-rasi 685°, zichligi 4,81 g/sm3.
Selenning eng ajoyib xususiyati shundaki, yorugʻlik nuri taʼsirida uning elektr oʻtkazuvchanligi keskin oʻzgaradi. Selen metallmaslar jumlasiga kiradi; kimyoviy xossalariga koʻra, oltingugurtga oʻxshash, lekin faolligi oltingugurtnikidan past. Selen oʻz birikmalarida, asosan, —2, +2, +4 va +6 valentli.
Selen sulfat kislota va sellyulozaqogʻoz z-dlarining «balchiklaridan» va misni elektroliz yoʻli bilan tozalashda elektrolizyor tubiga choʻkadigan «balchikdan» olinadi.
Selen yarimoʻtkazgichlar texnikasida, qizil va sariq rangli shisha i. ch. da, metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va rezina sanoatida qoʻllanadi. Birikmalari zaharli. Koʻpchilik tirik organizm toʻqimasida 0,01 dan 1 mg/kg gacha Selen boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar uchun Selen hayotiy zarur element. Inson va hayvonlarning Selenga boʻlgan ehtiyoji 50 — 100 mkg/kg. Hayvonlarning kunlik ozuqasida Selenning mikdori 2 mg/kgdan koʻp boʻlsa, kuchli zaharlanish kuzatiladi. Selen birikmalari. Selenning SeO, SeO2 va SeO3 tarkibli oksidlari mavjud. Selen (II) oksid SeO faqat yuqori tralarda bugʻ holatida barqaror. C. (IV)oksid SeO2 — oq rangli yaltiroq tetragonal panjarali kristall modda. Zichligi 3,954 g/sm3, sublimatsiyalanadi, uni faqat kavsharlangan idishlardagina suyuklantirish mumkin (suyuqlanish t-rasi 340—390°). S. (VI) oksid SeO3 ning suyuklanish t-rasi 118,5°. Atmosfera bosimida 185°da parchalanadi. Selenat kislota H2Se04 ni degidratlash yoʻli bilan olinadi. Suvda erib, N28eO4hosil qiladi. Kimyoviy jihatdan juda faol, kuchli oksidlovchi: oltingugurtni SO gacha; qizil fosforni R2O5 gacha oksidlaydi.
Selen galogenlar bilan reaksiyaga kirishib SeF6, SeF4 SeCl4 SeBr4 Se2Cl2 va b. birikmalar hosil qiladi.
Selen geksaftorid SeF6 — xona t-rasida rangsiz gaz, suyuklanish t-rasi —34,6°; —46,6° da sublimatsiyalanadi. Selen tetraftorid SeF4 — rangsiz suyuklik, suyuklanish t-rasi 13,2°, qaynashtrasi93°. S. tetraxlorid SeO4 — rangsiz kristall modda, suyuklanish t-rasi 305° (bosim ostida), 196° da sublimatsiyalanadi. Selen tetrabromid SeBr4 — beqaror sariq rangli modda, kuchsiz qizdirilganda toʻq qizil rangli Se2Br2 ga aylanadi. Quy i xlorid Se2Cl2 — jigarrangqizil suyuklik (suyuklanish t-rasi —85°, qaynash t-rasi 127130°).
Selen digalogenidlar SeCl2 va SeBr2 faqat bugʻ holatda mavjud. Selenning SeF2, SeOCl2 va SeOBr2 tarkibli oksigalogenidlari olingan. Selen ftoroksid SeOF2 — xona t-rasida suyuklik, suyuklanish t-rasi 4,6°, kaynash t-rasi 124°. S. xloroksid SeOCl2 — sariq rangli ogʻir suyuklik, suyuklanish t-rasi 11°, qaynash t-rasi 179°, zichligi 2,44 g/sm3. S. bromoksid SeOBr2 — sariqqizil rangli qattiq modda, suyuqlanish t-rasi 41,6°, keyingi qizdirilganda parchalanadi.
Selenning uglerod bilan CSe, azot bilan (SeN)4 fosfor bilan P4Se3, P2Se3, P2Se5 kabi birikmalari olingan. Selen vodorod bilan bevosita birikib suvda eruvchan koʻlansa hidli, zaharli gaz — vodorod selenid H2Se hosil qiladi. Bu kislotaning tuzlari selenidlar texnikada muhim ahamiyatga ega. Pyx va kadmiy selenidlari yorqin qizil rangli shisha va shishasimon materiallar, fotoelementlar, fotokarshiliklar, televizor trubkalarining yorugʻlikka sezgir qatlamlarini tayyorlashda, galliy selenid lazer texnikasida, simob selenid magnit maydoni kuchlanishini oʻlchaydigan asboblarda qoʻllanadi. Oraliq metallar (shuningdek, lantanoid va aktinoidlar) ning selenidlari yuqori traga chidamli yarimoʻtkazgich qurilmalarda, mashina ishqalanish qismlarida qattiq surkama sifatida ishlatiladi.
Rustam Maʼrupov.