SEMA

SEMA (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, «atrof» leksemasining maʼnosi (sememasi) «hamma» va «tomon» S. laridan iborat. Yoki «daraxt» leksemasining sememasi «predmet», «oʻsimlik», «yerda oʻsuvchi», «tanali», «ildizli», «shoxli», «bargli» va boshqa Sema lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi Semalar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy Sema — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema si. Mas, aka, opa, singil kabilardagi «qarindoshlik» S. si. Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi «harakat» S. si. Farqlovchi Sema — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik Semasi b-n, opa, aka soʻzlari esa jins S. si bilan farqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: SEMA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
TOSHKENT
O'rta Osiyoning qadimgi aholisi haqida yunon-rim mualliflari


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты