RYABICHEV Dmitriy Borisovich

RYABICHEV Dmitriy Borisovich (1926.1.9, Malin, Ukraina — 1995.25.4) — haykaltarosh, Oʻzbekiston (1976) va Rossiya Federatsiyasi (1978) xalq rassomi. Leningrad muhandislik qurilishi in-ti (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurti (1954) ni tugatgan. Asosan haykaltaroshlikning monumental yodgorlik sohasida ijod qiladi, asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulugʻvorlikka erishgan: «Vladimir shahrining 850-yilligi» (bronza, 1959, Vladimir sh. da), «Oybek» (granit, 1971, Toshkent), «Jasorat» (bronza, granit, 1976, Toshkent), «Xalqlar Doʻstligi» (bronza, granit, 1982, Toshkent) va b. monument va yodgorlik haykallarning muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1964).


Lotin alifbosida maqola: RYABICHEV Dmitriy Borisovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
UKRAINA
HAYKALTAROSHLIK
XALQ IJODI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты