RYAZAN VILOYATI

RYAZAN VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1937-y. 26 sent. da tashkil etilgan. Rossiya Yevropa qismining markazida joylashgan. Markaziy federal okrugiga kiradi. Mayd. 39,6 ming km2. Aholisi 1228 ming kishi (2002), asosan, ruslar (96,1%), shuningdek, ukrain (1,2%), mordva (0,6%) va b. millat vakillari (2,1%) ham yashaydi. Shahar aholisi — 68,9%. 25 maʼmuriy tuman, 12 shahar va 26 shaharchadan iborat. Markazi — Ryazan sh. Boshqa yirik shaharlari: Skopin, Kasimov.

Viloyat Oka daryosining oʻrta va quyi qismlarida joylashgan, yer yuzasi tekislik. Shim. qismi Meshchyora pasttekisligi hududida (bal. 80—130 m), Okaning oʻng sohilida OkaDon tekisligi (eng baland joyi 180 m). Gʻarbiy qismi Oʻrta Rossiya qirlari bilan band (eng baland joyi 236 m). Ohaktosh, gil, kum, qoʻngʻir kumir, torf konlari bor.

Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha trasi —11°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 550 mm (asosan, yezda yogʻadi). Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryosi — Oka va uning irmoqlari (Pra, Gus, Pronya, Para, Moksha, Ranova, Sna). Meshchyora pasttekisligida Dubovoye, Velikoye, Chyornoye, Beloye va b. koʻllari bor. Tuprogʻi podzol, sur tusli oʻrmon tuprogʻi, qoratuproq. Hududining 35% oʻrmon. Tiyin, tulki, quyon, boʻri, qobon, los yashaydi. Viloyat hududida Meshchyora milliy bogʻi, Oka qoʻriqxonasi joylashgan.

Sanoatining asosiy tarmoklari: elektroenergetika, neftni qayta ishlash, kimyo (kimyo tolasi va iplari), mashinasozlik (Rossiyada ishlab chiqariladigan metall kesuvchi stanoklarning 9%; televizorlarning 18%; kartoshka qazish kombaynlari, hisoblash texnika vositalari), toʻqimachilik sanoatlari mavjud. Yirik korxonalari: neftni qayta ishlash, stanoksozlik zdlari, «ViskoR» (kimyo tolasi va iplar), hisoblash analitik mashinalari korxonasi, avtoagregatlar zdi, «Safyan» (koʻn mahsulotlari), «Kombayn», «Korteks» (ipak gazlamalar) korxonalari, Ryazan radio zdi. Ryazan issiqlik elektr stansiyasi va b. ishlab turibdi.

Q. x. ning muhim tarmogʻi — goʻshtsut yoʻnalishdagi chorvachilik. kramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Nasldor yilqichilik rivojlangan (2 ot z-di bor). Arpa, bugʻdoy, suli, kand lavlagi, yemxashak ekinlari ekiladi, meva va rezavor meva yetishtiriladi. Oka, Moksha, Sna daryolarida kema qatnaydi. T. y. uzunligi — 943 km. Avtomobil yoʻllar uz. 6475 km (1997). 4 oliy oʻquv yurti, i. t. instituta, 3 teatr, 8 muzey (shu jumladan, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi, Konstantinovo qishlogʻida S. A. Yesenin adabiy memorial muzeyi), 20 dan ziyod sanatoriy, kurort va dam olish uylari (shu jumladan, Solotcha iqlim kurorti) bor.


Lotin alifbosida maqola: RYAZAN VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
UKRAINA
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты