SERBIYA VA ChERNOGORIYA

SERBIYA VA ChERNOGORIYA (serbcha Srbije u Crna Gore, ing. Serbia and Montenegro) — Bolqon ya. o. ning shim. gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Mayd. 102,2 ming km2. Aholisi 10,65 mln. kishi (2002). Poytaxti — Belgrad sh. Maʼmuriy jihatdan 2 respublika: Serbiya va Chernogoriyaga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Serbiya va chernogoriya va Ch. — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2003-y. 4 fev. da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2003-y. 7-martdan Svetozar Marovich). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament (skupshchina), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.

Aholisi. Serb (62,6%), alban (16,5%), chernogor (5%), venger (3,3%) lar yashaydi. Rasmiy til — serb tili. Aholining 95% serb tilida, 5% alban tilida soʻzlashadi. Koʻpchilik dindorlar — xristian (pravoslav va katoliklar), qolganlari — musulmonlar. Yirik shaharlari: Belgrad, Podgoritsa, Novi Sad, Prishtina, Nish, Kraguyevas.

Tarixi. 1-jahon urushidan keyin Bolqon ya. o. da 1918-y. dek. da Serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi tashkil topib, Chernogoriya, Makedoniya, Bosniya va Gersegovina ham uning tarkibiga kirdi. 1929-y. dan bu davlat Yugoslaviya, 1963-y. dan Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi deb ataldi. 1992-y. dan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya federatsiya tarkibidan chiqib ketgach, Yugoslaviya Ittifok, Respublikasi deb ataldi. 2002-y. 14-martda bu davlat huquqiy jihatdan tugatildi va 2003-y. fev. da federatsiya asosidagi Serbiya va Chernogoriya deb atalgan yangi davlat tashkil topdi. Serbiya va chernogoriya va Ch. Yugosloviya Ittifoq Respublikasining huquqiy vorisi sifatida 2000-y. 1 noyab. dan BMT aʼzosi xisoblanadi. Milliy bayrami 27 apr. — Respublika kuni (1992). OʻzR mustaqilligini 1991-y. 31 dek. da tan olgan va 1995-y. 18 yanv. dan diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgan. Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Serbiya sotsialistik partiyasi, 1990-y. tuzilgan; Serb yangilanish harakati, 1990-y. tashkil etilgan; Serblar birligi partiyasi; Serbiya demokratik muxolifati, 2003-y. tuzilgan; Serb radikal partiyasi, 1991-y. tashkil etilgan; Chernogoriya sotsialistlari demokratik partiyasi, 1991-y. asos solishali; Chernogoriya demokratik partiyasi; Chernogoriya xalq partiyasi, 1990-y. tuzilgan; Kosovo demokratik partiyasi, 2000-y. tashkil etilgan; «Yugoslaviya soʻllari» harakati.

Xoʻjaligi. Serbiya va chernogoriya va Ch. — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki maxsulotda sanoatning ulushi — 41,3%, q. x. ulushi 22,9%.

Sanoatining asosiy tarmoklari: konchilik, rangli metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik. Konchilik sanoatida lignit, qoʻngʻir kumir, neft, shuningdek mis, qoʻrgʻoshin va rux, uran rudalari qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 35,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. I. ch. sanoatida mashinasozlik va metall ishlash (stanoksozlik, transport vositalari, shu jumladan, avtomobil, q. x. mashinasozligi, elektronika va radioelektronika sanoati) ustun. Rangli metallurgiyada alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux eritish korxonalari bor. Qora metallurgiya, kimyo, farmatsevtika, mebel, shuningdek, toʻqimachilik, koʻnpoyabzaal. oziq-ovqat sanoati tarmoqlari rivojlangan.

Kishloq xoʻjaligi ning asosiy tarmogʻi — dehqonchilik. Donli ekinlar (asosan, makkajoʻxori, bugdoy), qand lavlagi, kungaboqar, zigʻir, tamaki, kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Mevachilik (ayniqsa, qora olxoʻri), tokchilikka katta ahamiyat beriladi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, qoʻy, uy parrandasi boqiladi.

T. y. uzunligi 4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 49,6 ming km. Dengiz porti — Bar. Belgrad va Podgoritsada xalqaro aeroportlar bor. Dunay va Sava daryolarida kema katnaydi (yirik dare porti — Belgrad). Chetga xom ashyo va chala tayyor mahsulotlar, sanoat va oziq-ovqat mollari, mashina va sanoat uskunalari, tirik chorva mollari chiqaradi. Chetdan mashina va transport uskunalari, yonilgimoylash materiallari, sanoat mollari, kimyoviy moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari oladi. MDH mamlakatlari, Germaniya, Italiya, Vengriya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — Serbiyada dinor, Chernogoriyada 1999-y. dan nemis markasi, 2002-y. dan yevro.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Serbiya va chernogoriya va Ch. da koʻpgina gaz. va jur,lar nashr etiladi. Muhimlari: «Borba» («Kurash», serb tilida chiqadigan mustaqil kundalik gaz., 1922-y. dan), «Vecherne novosti» («Oqshom yangiliklari», serb tilida chikadigan mustaqil kundalik gaz., 1954-y. dan), «Madyar so» («Venger soʻzi», venger tilida chiqadigan kundalik gaz., 1944-y. dan), «Rad» («Mehnat», serb tilida chiqadigan haftalik gaz., 1945), «Jena danas» («Hozirgi ayollar», serb tilida chiqadigan oylik jur., 1936-y. dan), «Mejdunarodna politika» («Xalqaro siyosat», serb, rus, ingliz, fransuz, nemis va ispan tillarida 2 xdftada chiqadigan jur., 1950-y. dan), «Mejdunarodni problemi» («Xalqaro masalalar», serb tilida har chorakda chiqadigan jur., 1949-y. dan), «Ekonomski politika» («Iktisodiy siyosat», serb tilida chikadigan haftalik jur., 1952-y. dan). Radioeshittirish 1926-y. dan, telekoʻrsatuv 1958-y. dan olib boriladi.

Oʻzbekiston — S. va Ch. munosabatlari. 1999—2001-y. larda OʻzR bilan Serbiya va chernogoriya va Ch. oʻrtasida faol iqtisodiy hamkorlik amalga oshirildi. 2002-y. da ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. OʻzR dan rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mexanika asbobuskunalari, ip gazlama va kalava ip, xizmatlar eksport qilindi. Serbiya va chernogoriya va Ch. dan tosh va gips, doridarmon, mebel, keramika mahsulotlari, transport vositalari va b. keltirildi. OʻzR da Serbiya va chernogoriya va Ch. investorlari ishtirokidagi 14 qoʻshma korxona va serb sarmoyasi 100% boʻlgan 4 ta korxona roʻyxatga olingan. Jumladan, Serbiya va chernogoriya va Ch. ning tashqi savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi «Progress», k,. x. xom ashyosini kayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan «Kompaniya BK», sanoat va fuqaro obyektlari meʼmorligi, dizayni, loyihalash va qurish ishlari kompleksini amalga oshiruvchi «Energoproyekt xolding» firmalarining vakolatxonalari faoliyat yuritadi.

OʻzR da 2 qoʻshma korxona — yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Gama—Kamalak» va tashqi savdo bilan shugʻullanuvchi «MNM» barpo etilgan. 2003-y. sent. dan «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviatsiya kompaniyasi b-n S. va Ch. ning aviatsiya kompaniyasi oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq, oʻzbek aviakompaniyasining «Toshkent— Belgrad—NyuYork» marshuruti boʻylab haftasiga 2-marta borib keladigan tijorat reyslari amalga oshirilmoqda.


Lotin alifbosida maqola: SERBIYA VA ChERNOGORIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SERBIYA
ChERNOGORIYA
TOSHKENT
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты