SERB-XORVAT TILI

SERB-XORVAT TILI — jan. slavyan tillaridan biri; ayrim olingan xalqqa nisbatan xorvat tili yoki serb tili deb qoʻllanishi mumkin. Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, BosniyaGersegovinada, shuningdek, Amerika va Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 17 mln. kishidan ortiq. Bu tilning, asosan, 3 laqjasi bor: shtokav, chakav, kaykav; ular orasidagi tafovutlar slavyanlarda x,ali yozuv boʻlmagan davrda paydo boʻlgan.

Serb-xorvat tilining unlilar tizimi choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, unlilar sifatining urgʻuli hamda urgʻusiz holatlarda oʻzgarmasligi, boʻgʻin hosil qiluvchi r tovushining borligi bilan ajralib turadi. 25 ta undoshdan 20 tasi qattiq, 5 tasi yumshoq xususiyatga ega. Ismlar (ot, sifat, son, olmosh) kelishik b-n turlanadi, feʼl zamonlari murakkab tuslanish shakllariga ega; tuslanadigan va tuslanmaydigan feʼllar mavjud. Gapda soʻz tarkibi erkin. Serb-xorvat tilining lugʻat boyligida umumslavyan soʻzlar bilan birga italyan, rumin, yunon, turk, arab, fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Hoz. adabiy Serb-xorvat tili 19-a. ning 1-yarmida shtokav lahjasi asosida yaratilgan. Adabiy tilda koʻplab fonetik, morfologik va leksik variantlar uchraydi. Adabiy til hududiy milliy xususiyatlarning majmui sifatida yashasa xam, unda xorvatcha unsurlar oʻzining barqarorligi b-n ajralib turadi.

Glagolitsa va kirillitsada bitilgan eng qad. yodgorliklar 12-a. ga mansub. Serb-xorvat tilida lotin va Kirill grafikalari asosidagi 2 alifbo teng darajada qoʻllanadi.


Lotin alifbosida maqola: SERB-XORVAT TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YOZUV
YER
SERBIYA
ChERNOGORIYA
SERBIYA VA ChERNOGORIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты