ROʻZIMATOV

ROʻZIMATOV Vahob (1921.17.11, Toshkent) — jurnalist va tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1976). Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), «Sharq yudduzi» jur. da adabiy xodim, boʻlim mudiri (1945—55), bosh muharrir oʻrinbosari (1960—71), «Guliston» jur. da masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari (1971 — 81), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» gaz. da boʻlim mudiri (1881—82). Ijodiy faoliyati 30-y. lar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov, K. Simonov, romanlari, A. KonanDoyl, J. Svift, L. N. Tolstoy, A. N. Ostrovskiy, N. Hikmat pyesalari, shuningdek, A. S. Pushkin, A. P. Chexov, F. M. Dostoyevskiy, M. Gorkiy, B. Polevoy, O. Gonchar, G. Sevuns, OʻGenri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va b. yozuvchilar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Roʻzimatovning «Katta oila» (hamkorlikda, 1942), «Uch oʻrtoq» (hamkorlikda, 1943), pyesalari bor. R. Gʻafur Gʻulomning 10 jildli «Asarlar» toʻplamini (1970—78) nashrgatayyorlagan. «Elyurtxurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

As: Qandolatchilar, T., 1965.


Lotin alifbosida maqola: ROʻZIMATOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: R harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
GʻAFUR GʻULOM
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты