SIBIR

SIBIR — RF Osiyo hududining katta qismidagi tabiiy oʻlka. Gʻarbda Ural togʻlari, sharqsa Tinch okean suvayirgʻichi togʻ tizmalarigacha va shim. da Shim. Muz okeani qirgʻoqlaridan, jan. da Qozogʻistonning sertepa dashtlari hamda Mongoliya va Xitoy chegarasigacha davom etadi. Shim. dan janubga 3500 km, gʻarbdan sharqqa 7000 km dan koʻproq masofaga choʻzilgan. Mayd. 10 mln. km2.

Sibir hududida Saxa (Yakutiya), Tuva, Buryatiya Respublikalari, Oltoy va Krasnoyarsk oʻlkalari, Tyumen, Kurgan, Omsk, Novosibirsk, Tomsk, Kemerovo, Irkutsk va Chita viloyatlari joylashgan.

Tabiati. Sibirning asosiy tabiiy oblastlari: Gʻarbiy Sibir tekisligi, Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Jan. Sibir va Shim. Sharqiy Sibir togʻlari. Jan. Sibir toglari tarkibiga Oltoy, Gʻarbiy Sayan, Sharqiy Sayan, Tuva Respublikasi togʻlari, Baykalboʻyi va Baykalorti (Zabaykalye) kiradi. Shim. Sharqiy Sibir togʻlarini Yuqori Yana tizmasi va Kolima togʻlari oʻrab turadi.

Sibirning iqlimi keskin kontinental. Eng sovuq oy (yanv.) va eng issik, oy (iyul)ning oʻrtacha t-rasi orasidagi farq 35° dan 68° gacha. Deyarli hamma yerda oʻrtacha yillik tra 0° dan past, shim. sharkda —15°, —18° gacha. Qishi davomli va sovuq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —16°, —20°dan (Gʻarbiy Sibir tekisligining jan. da) —40°, —48° gacha (Saxaning sharqida). Verxoyansk va Oymyakonda ayrim kunlari —70° gacha sovuq boʻladi. Sibirning yozi birmuncha iliq, jan. da esa hatto issiq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 2°~5° dan (S. ning shim. sohilida) 22°— 23° gacha (Gʻarbiy Sibir dashtlarida). Yillik yogin 150 — 250 mm dan 1000— 2000 mm gacha. Kor krplami 170 kundan 300 kungacha saqlanib turadi.

Sibirda toʻngib yotgan togʻ jinslari va tuproqlar keng tarqalgan. Asosiy daryolari: Ob (Irtish bilan birga), Yenisey va Lena. Muhim koʻlpari: Baykal, Taymir, Teles, Chani.

Tuproqoʻsimlik qoplami, asosan, shim. dan janubga oʻzgarib borib, arktika muz sahrosi, tundra, oʻrmonli tundra, oʻrmon (tayga), Gʻarbiy Sibirning jan. da esa, oʻrmonli dasht va dasht zonalarini hosil qiladi. Shim. da tundra va oʻrmonli zonalarida har xil botqoq gleyli va gleylipodzol tuproqlarda yoʻsin va lishayniklar, buta va koʻp yillik oʻtlar oʻsadi. Shim. da oʻrmon (tayga) zonasi oʻsimliklari eng koʻp tarqalgan. Tayga zonasining eni ayrim joylarda 200 km ga yetadi. Oʻrmonlarda igna bargli daraxt koʻproq, sibir tilogʻochi (gʻarbida) va dauriya tilogʻochi (sharqida), oqqaragʻay, sibir kedri, qaragʻay, qoraqaragʻay; keng barglilardan qayin, togʻterak, qandagʻoch; shim. sharqidagi daryo vodiylarida terak, tol oʻsadi. Oʻrmon zonasidan jan. da Gʻarbiy Sibir atrofida oʻrmonli dasht va dasht zonalari joylashgan boʻlib, sur tusli podzollashgan, qora tulroqlioʻtloq, yuvilgan va tipik qora tuproklar tarqalgan. Dasht va urmonli dashtlarning oʻsimlik qoplami aholi tomonidan oʻzgartirib yuborilgan. Dashtlar haydalgan, botqoklashgan oʻtloqlar pichanzorlarga aylantirilgan. Jan. S togʻlarining etaklari dasht oʻsimliklar b-n qoplangan. Undan yuqorida togʻ taygasi boshlanadi.

Sibirning tundra zonasida har xil kemiruvchilar (asosan, lemming), sut emizuvchilardan shim. bugʻusi va qutb tulkisi yashaydi. Yoz boshlanishi bilan suzuvchi parrandalar (gʻoz, oʻrdak, loyxoʻrak, gaga) uchib keladi. Tayga zonasi faunasi ancha boy (tiyin, sobol, kolonok, boʻri, tulki, ayiq, los, va b.). Tayga zonasida qushlarning 200 ga yaqin turi, acocaFi, karqur, chil, qizilishton yashaydi. Urmonli dasht va dashtlarda dala sichqoni, olaxurjun, qoʻshoyoq, yumronqoziq, boʻrsiq, boʻri, tulki, qarsoq tulki uchraydi. Suv havzalarida ondatra, norka iqlimlashtirilgan. Daryolarida qimmatbaho baliq koʻp. Sibir RFning ovchilik xujaligi rivojlangan va moʻyna tayyorlanadigan muhim r-ni. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, temir rudasi, olmos, oltin, fafit, polimetall va b.

Asosiy shaharlari: Novosibirsk, Omsk, Krasnoyarsk, Novokuznesk, Irkutsk, Barnaul. Aholisining koʻlchiligini koʻchib borgan ruslar tashkil qiladi. Tub aholi: xantilar, mansilar, evenklar, buryatlar, saxalar, xakaslar va b.

Tarixi. Odam faoliyatining izlari Jan. Sibirda — Togʻli Oltoydan Amur daryosi havzasigacha boʻlgan hududda topilgan. Sibir xalqining madaniyati va ijtimoiy sistemasining oʻzgarishida eneolit davrida rudadan metall eritib olishning rivojlanishi katta ahamiya gga ega boʻlgan. Mil. av. 1ming yillikning oxirida Jan. Sibirda hunn kabila uyushmalariyashagan. Mil. av. 1ming yillikning 1 yarmida ularning turkiy xalqlar, 7 — 8-a. larda moʻgʻullar (mongollar) ajralib chiqqan. Turkxoqonligi, Boxay va b. davlatlar mavjud boʻlgan.

13-a. boshida Jan. Sibir Moʻgʻullar davlati tarkibida. Uning gʻarbiy qismida 15-a. boshida Oltin Oʻrda parchalangach, Sibir xonligi tuzilgan. 15-a. dan Moskva davlatida Sibirga yurish boshlagan. 17a. boshlarida Gʻarbiy S, asr oʻrtalarida Gʻarbiy Buryatiya, soʻngra Baykal koʻlidak sharklagi yerlar va Amur darvsi boʻylarini Rossiya egallab olgan. 18-a. ning 20y. lari oxiri — 30y. lari boshida Oltoy togʻ yon bagʻrida manufaktura tipidagi dastlabki metallurgiya korxonalari qurildi. Dehqonchilik rivojlandi. Ekinlar maydoni kengaydi. 19-a. ning 1-yarmida Sibirda sanoatning yangi sohasi — oltin qazib chiqarish paydo boʻldi. !9-a. ning 50y. larida Rossiya tarkibiga Quyi Amur boʻylari, Ussuriy oʻlkasi, Saxalin oroli kirdi. 19-a. ning 2-yarmida Sibirning shim. sharqiy r-nlarida oltin sanoati kengaydi. S. Rossiya imperiyasining kishilarni surgun va qatorgaga joʻnatadigan asosiy joyi boʻlib qoldi. 1900-y. da faqat surgun qilinganlarning soni 287,2 mingni tashkil qiladi.

Sibirning iqtisodiy taraqqiyotida 1891 — 1905-y. larda qurilgan t. y. — Ulkan Sibir magistrali katta axamiyatga ega boʻddi. 1923-y. BuryatMongol Muxtor Respublikasi (1958-y. dan Buryatiya Muxtor Respublikasi), 1922-y. Yakutiya Muxtor Respublikasi va Oyrot muxtor viloyati, shuningdek, milliy okrug va tumanlar tuzildi. Sibir tarixida sibirlik oʻzbeklarning oʻrni alohida ahamiyatga egadir. Ularning asosiy qismi Oʻrta Osiyo oʻzbeklari vakillari. Sibirlik oʻzbeklarning ajdodlari Sibirga 16—17-a. larda (asosagʻ), savdosotiq va b. yoʻllar b-n) borib krlganlar. 16-a. oʻrtalarida Rus davlati Astraxon, Qozon, soʻngra Sibir xonligini bosib olgandan keyin ham bu yerlarning Oʻrta Osiyo bilan qadimgi aloqalari davom etaverdi. Chunki, Rus davlati yangi bosib olgan joylarni zarur mollar, xususan, gazlama va kiyimbosh bilan taʼminlashga ega boʻlmagan. Shu bois Rossiya hukumati oʻzbek xonliklari b-n aloqa oʻrnatish va savdoni rivojlantirishga harakat qildi. Tez orada elchilik alokdlari oʻrnatilib, savdo rivojlana bordi. Bu borada Rossiya davlati faol harakat qilib oʻzbek savdogarlariga bir kancha imtiyozlar berib, ularni Sibirga jalb qilish choralarini koʻrdi. Oʻz navbatida oʻzbek xonliklari Sibirga ip va ipak gazlamalar, kiyimbosh va mollar keltirish maqsadida barcha imkoniyatlarni ishga soldilar.

Shu tariqa Oʻrta Osiyo va Sibir oʻrtasida savdo aloqalari yaxshi yoʻlga qoʻyilib, 17-a. dan boshlab Sibirda hoz. Oʻzbekistondan savdogarlar, dehqonlar, hunarmandlar va din peshvolari borib joylashdilar. Ular, asosan, Tyumen, Tobolsk, Tara va Sibirning boshka joylariga oʻrnashdilar. Bu ishni birinchi navbatda savdogarlar, shuningdek, Semipalatinsk, Petropavlovsk va b. yerlarga koʻchib borganlar boshlab berdilar. Sibir dagi ichki va tashki savdo koʻproq oʻzbeklarning qoʻlida toʻplanib, ular Oʻrta Osiyo, Xitoy, Eron singari mamlakatlarning mollari bilan savdo qildilar, Sibirda birinchi boʻlib koʻnchilik va gilam toʻqish hamda bugʻdoy ekishni joriy etdilar. Sibirlik oʻzbeklar mahalliy tatarlar orasida islom diniii tarqatish va rivojlantirishda katnashdilar, masjidlar qurib, maktab va kutubxonalar ochdilar. Ular asrlar davomida oʻzlarining tili, kiyimi, milliy ovqati va urfodatlarini sak,ladilar. Umuman, oʻzbeklar Sibir hayotida muhim oʻrin egallab uning rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Rossiya hukumati ularning xizmatini eʼtiborga olib imtiyozlar berish bilan bir katorda Tobolsk, Tyumen, va Tarada mahalliy boshqaruv idorasi — Buxoro volost (boʻlis)larini tuzishga ijozat berdi. 1917-y. dan keyin bu boʻlislar Buxoro ijroiya qoʻmitalariga aylantirildi. Vaqtlar oʻtishi natijasida oʻzbeklar iqlimlashib va mahalliylashib, avvalgi vatanlari bilan alokdlari uzildi. Sibirga ayollarga nisbatan erlar koʻproq borganliklari uchun ular tatar qizlariga uylanganlar. Garchand bundam oilalarda tugʻilganlar oʻzlarini oʻzbek deb yurgan bulsalarda, lekin, 20-a. ning boshlariga kelib ularning tatarlarga aralashish jarayoni kuchaydi. Shunga qaramay 1926-y. dagiumumxalq roʻyxati boʻyicha oʻzbeklarning soni 15.000 kishi hisoblanib ular oʻzlarining milliy nomini saqlaganlar. Keyingi yillarda oʻzbeklarning tatarlarga aralashish jarayoni nihoyasiga yetib ular nomi bilan yuritiladigan boʻldi.

Iqtisodiyoti. Urushdan keyingi yillarda Sibirda Angara va Yeniseyning gidroenergiya resurslari oʻzlashtirila boshladi. Irkutsk, Bratsk va Krasnoyarsk GESlar qurildi. Abakan — Tayshet va Tayshet — Lena t. y. lari, Tuymazidan Angarskka neft quvuri oʻtkazildi. Moskvadan Baykalgacha boradigan Transsibir t. y. magistrali elektrlashtirildi. Saxa (Yakutiya)da olmos konlari topildi.

Gʻarbiy Sibirning shimolida neft va tabiiy gaz zaxiralari aniklandi va shu konlar asosida 19-a. ning 60y. larida, qisqa muddat ichida neft va gaz sanoatlariga asos solindi.

Sda qora metallurgiyaning Kuznesk k-ti va Gʻarbiy Sibir z-dini oʻz ichiga olgan 3bazasi vujudga keltirildi. Novosibirsk, Irkutsk, Krasnoyarsk va b. shaharlardagi z-dlar gʻalla kombaynlari, traktorlar, traktor pluglari, radiopriyomnik va radiolalar, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari ishlab chikaradi. Rangli metallurgiyaning muxim markazlari: Norilsk, Belovo, Novokuznesk, Krasnoyarsk, Bratsk, Sheloxov. Sibir va Uzok, Sharqning konchilik sanoati olmos, oltin, platina, nodir metallar, asbest, slyuda, grafit, dala shpati va b. ni beradi.

Sibir dagi oʻrmon sanoati korxonalarida yogʻoch, yogʻochtaxta, sellyuloza ishlab chiqariladi. Rossiyadagi yirik oʻrmon sanoati majmualari Bratsk va UstIlim hamda Lesosibirskda, sellyuloza z-di Bay,~ kalskda barpo etildi.

Ekin maydonlari, asosan, Sibirning jan. qismida. 1950 — 60 y. larda Sibirda qoʻriq yerlar oʻzlashtirildi (Gʻarbiy Sibirda 7 mln. ga dan ortiq). Ekin mayd. 26,7 mln. gektar. S. da tovar gʻalla (asosan, bahori bugʻdoy), goʻsht, mol yogʻi yetkazib beriladi. Chorvachilikda kramol, kuy va echki boqiladi. T. y. uzunligi 14 ming km [shundan yarmi elektrlashtirilgan. Baykal—Amur magistrali (BAM) uz. 3145 km] mavjud. Quvur yoʻllari (jumladan, Tuymazi — Angarsk) va yirik dengiz portlari (Dikson, Dudinsk, Igarka va b.) qurilgan.

Ad.: Ziyoyev H., Sibir, Volga va Ural boʻyidagi oʻzbeklar, T., 2003.


Lotin alifbosida maqola: SIBIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
OSIYO
YER
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты