SIGBAN

SIGBAN, Zigban (Siegbahn) — otaoʻgʻil shved fiziklari: Karl Manne Georg (1886.3.12, Erebru — 1978.24.9, Stokgolm) — shved tadqiqotchifizigi, yadro spektroskopiyasi asoschisi. Shvetsiya Qirollik FA aʼzosi (1922-y. dan), London Qirollik jamiyati aʼzosi (1933-y. dan). Lund un-tini tugatgach (1911), shu un-tda ishlagan (1920-y. dan prof.). Upsala un-ti prof. (1924—37), Nobel fizika in-ti (Stokgolm) direktori (1937— 64). Ilmiy ishlari rentgen spektroskopiyasi, yadro fizikasi va yadro spektroskopiyasiga oid. Birinchi marta rentgen nurlari dispersiyasini aniklagan va uni oʻlchagan. 1 mm da 1800 boʻlimli difraksion panjarani yasagan va uning yordamida yumshoq rengten nurlarni oʻlchagan. Deyarli barcha kimyoviy elementlarning rentgen spektrini oʻrgangan va yangi spektral chiziklarning katta mikdorini aniklagan. Nobel mukofoti laureati (1924). Kay Manne (1918.20.4, Lund) — shvedfizigi. K. M. G. Sigbanning oʻgʻli. Upsala un-tini tugatgan (1939), Upsala un-ti prof. (1954-y. dan). Ilmiy ishlari yadro va fotoelektron spektroskopiyasiga oid. Kimyoviy tadqiq uchun elektron spektroskopiya usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1981).


Lotin alifbosida maqola: SIGBAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FIZIKA
SHVETSIYA
RENTGEN NURLARI
BUYUK BRITANIYA
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты