SIL DISPANSERI

SIL DISPANSERI — davolashprofilaktika yordami koʻrsatadigan maxsus tibbiy muassasa. Oʻz sohasiga oid bemorlar sonini aniklash, hisobga olish, davolash, ularni kuzatib borish, uy va ish sharoiglarini oʻrganish, shuningdek, shu kasallikka qarshi kurash, oldini olish choralari bilan boglik sanitariyamaorif masalalarini ishlab chikish, targʻib etish Sil dispanserining asosiy vazifasidir. Oʻzbekistonda birinchi Sil dispanseri 1922-y. Toshkentda tashkil etilgan. Keyinchalik barcha viloyatlar, shahar va tumanlarda xam Sil dispanseri faoliyat koʻrsata boshladi. Sil dispanseri oʻz hududidagi epidemiologik holatni muntazam nazorat Kilib boradi, sil aniqlangan taqdirda, darhol bemorga xos va mos davolash yoʻlyoʻriqlarini amalga oshiradi, doridarmonlar bilan taʼminlaydi, zarur boʻlgan hollarda bemorni kasalxonaga; sanatoriyga joylashtiradi. Sil dispanseri xodimlari sanitariyaepidemiologiya stansiyasi (SES), tugʻruqxonalar va b. tibbiy muassasa xodimlari bilan hamkorlikda vaksinatsiya, revaksinatsiya, BSJ, shuningdek, aholini flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazish ishlarini ham amalga oshiradi.


Lotin alifbosida maqola: SIL DISPANSERI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
SOGʻLIQNI SAQLASH
YAPONIYA
TIBBIYOT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты