SILIKAT GʻISHT

SILIKAT GʻISHT — qurilish materiali. Koʻrinishi va oʻlchamlari oddiy pishiq gʻishtga oʻxshaydi. Oddiy sogʻtuprokdan emas, kvars qumi (90— 92%) va soʻndirilgan ohak (8—10%) qorishmasidan tayyorlanadi. Gʻisht xumdonda pishirilmaydi, yuqori (200 at gacha) bosimda presslanadi, soʻngra avtoklavda 175° trada qizigan bugʻda 8 at bosimda qotiriladi. Kulrang, hajm ogʻirligi 1700—1900 kg/m3. Oddiy gʻishtlar singari binolarning faqat yer sirtidagi yuk koʻtaruvchi devor va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. Silikat gʻisht silliq va kurkam boʻlganidan ustidan pardoz berish (mas, suvash) talab etilmaydi. Faqat gʻisht qatorlari orsidagi (qorishma) choklarga ishlov beriladi. Suvga chidamliligi oddiy pishik, gʻishtnikidan past, tra 500° dan oshganda mustaxkamligi pasayadi.


Lotin alifbosida maqola: SILIKAT GʻISHT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: S harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GʻISHT
Alisher Fayz - Devor
SEYSMOBARDOSH QURILISH
OHAK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты